Jahon | 09:44 / 22.09.2025
4528
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Ukrainaning bir qancha viloyatlariga zarba berdi, qurbonlar bor

Rossiya Zaporijjyaga aviabombalar bilan zarba berdi, ikki kishi halok bo‘ldi, fuqarolik infratuzilmasi va sanoat obektlariga zarar yetdi. Kiyev viloyatida yirik Borispol aeroporti yaqiniga dron hujumi uyushtirildi.

Foto: Telegram / ivan_fedorov_zp

22 sentabr, dushanbaga o‘tar kechasi Rossiya Zaporijjyaga kamida beshta aviabomba bilan zarba berdi. Zaporijjya viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorovning so‘zlariga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi yaralangan, ulardan biri og‘ir ahvolda.

Zaporijjyadagi turar joy binolari, shuningdek, fuqarolik infratuzilmasi va sanoat obektlari zarba natijasida zarar ko‘rdi, deya qo‘shimcha qildi Fedorov. U hujumdan keyingi suratlarni Telegramʼda joylashtirdi.

Keyinroq Zaporijjya viloyati harbiy ma’muriyati boshlig‘i shahardagi fuqarolik infratuzilmasi obektidagi yong‘inni o‘chirish bo‘yicha fotoreportajni ham e’lon qildi.

Tunda Rossiya uchuvchisiz uchoqlari Ukrainaning Kiyev viloyatiga hujum qildi. Borispol tumanida uch qavatli turar joy binosi va ikkita xususiy uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Kiyev viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Nikolay Kalashnikning so‘zlariga ko‘ra, 32 yoshli erkak yelkasidan jarohat olgan. Mahalliy jamoat guruhlari dronlar Ukraina poytaxtining asosiy havo eshigi bo‘lmish Borispol aeroportiga yo‘l olgani haqida xabar bermoqda. Kiyev viloyatining Obuxov tumanida urib tushirilgan uchuvchisiz uchoq qoldiqlari ko‘p qavatli turar joy binosi ustiga tushdi, Fastivskeda esa xususiy uy yonib ketdi.

Mavzuga oid