Prezidentning tegişli qarori bilan Sevara Şokirova Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori örinbosari vazifasida işlab kelayotgan edi.
Uzoq yillar turli ta’lim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Şokirova 2012-2019 yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslaştirilgan Davlat umumta’lim maktabida öqituvçi, 2019-2022 yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabda direktor örinbosari, 2022-2023 yillarda Toşkent şahridagi Prezident maktabida ijroçi direktor lavozimlarida işlagan.
2023-2024 yillarda esa Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligida boşqarma boşliği vazifasida iş olib borgan.
Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan Hasan Şokirov Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori örinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar «Yangi Özbekiston» universiteti moliyaviy va ma’muriy işlar böyiça prorektori vazifasida işlab kelayotgan edi.
Hasan Şokirov 2001-2016 yillarda Moliya vazirligida mas’ul lavozimlarda, 2016-2020 yillarda Taşqi işlar vazirligida Moliya-iqtisod boşqarmasi boşliği, 2020-2022 yillarda esa Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligida Moliyalaştiriş va rejalaştiriş bölimi boşliği lavozimlarida işlagan.
2022-2024 yillarda esa Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligida boşqarma boşliği vazifasida faoliyat yuritgan.













