Ular Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Bu - 1962 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan B.M. va 1987 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan N.N.

Ushbu shaxslarning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy bo‘linmalariga, shuningdek O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilish so‘raldi.