Yaponiya immigratsiya xizmati agentligi mamlakatda noqonuniy yaşab kelgan Özbekiston fuqarosini deportatsiya qildi.

Deportatsiya qilingan şaxs Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan kirib, viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy qolib ketganligi sababli rasmiylar tomonidan hibsga olingan.

Yaponiyaning Özbekistondagi elçixonasi ma’lum qilişiça, agar mamlakatda noqonuniy yaşaş yoki noqonuniy işlaş holatlari aniqlansa, politsiya tomonidan hibsga oliş va uşlab turiş, immigratsiya muassasalarida qamoqqa oliş yoki deportatsiya qiliş kabi çoralar köriladi.

Şuningdek, bildirilişiça, Yaponiyada qoçqin maqomini oliş uçun ariza berilsa, “uzoq muddat qoliş mumkin” yoki “işlaş mumkin” degan notöğri ma’lumot tarqalgan bölib, şu kabi maqsadlar bilan qoçqin maqomini oliş uçun ariza berişga ruxsat etilmaydi.

Agar qoçqin maqomi rad etilsa, immigratsiya muassasasiga joylaştiriş yoki deportatsiya qiliş kabi çoralar qöllanilişi mumkin. Bundan taşqari, soxta ma’lumot beriş yoki noqonuniy usullar bilan qoçqin maqomini oliş uçun murojaat qiliş jiddiy huquqiy çoralarni keltirib çiqarişi mumkin.