Kelajakda Rossiyaga boruvçi migrantlar mobil telefon sotib olişga majbur böladi, bu orqali hukumat ularni kuzatib borişi mumkin. Bu haqda Içki işlar vaziri örinbosari Igor Zubov ma’lum qildi.
«Kelajakda nima bölişi, qayoqqa ketayotganimiz hammaga qiziq. Bu yerga, ayniqsa, işlaş yoki uzoq muddatga kelgan har bir migrant röyxatdan ötişda telefon sotib olişi şart böladi. Bu telefonda uning elektron profili joylaşadi. Va biz har bir migrantning qayerdaligini bilib turamiz», dedi u.
Rasmiyning sözlariga köra, şu tufayli migrantlar bir şahardan ikkinçisiga «nazoratsiz» köçib öta olmaydi.
Şuningdek, hukumat telefon yordamida migrantlarni hujjati muddati tugayotgani yoki davlat idorasiga borişi kerakligi haqida ogohlantirişni ham rejalaştirmoqda.
2025 yil sentabr oyidan boşlab Moskvada tajriba ötkazilmoqda: unga köra, işlaş uçun kelgan barça xorijliklar öz joylaşuvini körsatib turuvçi «Amina» ilovasini örnatişi şart. Agar geolokatsiya ma’lumotlari ketma-ket uç kun davomida kelib tuşmasa, çet el fuqarosi röyxatdan çiqariladi.









