Haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan N.F. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinasida harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi avtobus bekatiga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida haydovchi va bekatda turgan fuqaroga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.