Bilasizmi, butun boşli Fransiya prezidentining korteji politsiya tomonidan töxtatilişi, unga Amerika prezidenti ham yordam berolmasligi mumkin ekan. Emmanuel Makron Amerikada şu holatga tuşdi. Yetmaganiga politsiya Turkiya prezidenti Erdöğanga ham şunaqa muomala qildi. Qiziği, bu ikki lider BMTda Falastin davlati taşkil etilişi haqida gapirgaç, şunday «sarguzaşt»ga duç keldi. Quyida şu haqda.
Makron piyoda ketişga majbur böldi
Nyu-Yorkda BMT boş assambleyasining navbatdagi sessiyasi qiziq voqealarga boy böldi. Özbekiston uçun ayniqsa samarali keçgan sessiya mehmonlari odatda oddiy odamlar duç keladigan holatlarga tuşib qolişdi. Masalan, Fransiya prezidenti Makron BMT Boş assambleyasidan çiqib mamlakat kunsulligi tomon ketayotganida uning kortejini politsiya töxtatdi.
Makronning bu holatdan jahli çiqmadi, şunçaki hayron qolib yölni yopib turgan nyu-yorklik politsiya ofitseri bilan gaplaşdi. Ofitser huşmuomalalik bilan Makronga barça yöllar yopiq ekani, uning maşinasini ötkazib yubora olmasligini tuşuntirdi. Keyin ma’lum bölişiça, yölni Donald Tramp korteji uçun yopib qöyişgan ekan.
Qarasa, amerikalik «GAI» heç gapga tuşunmayapti, şunda Makron masalani «özbekçasiga» hal qilişga kirişdi. Faqat «GAI»da işlaydigan kattaroq tanişi yo poççasiga emas, biratöla Amerikadagi eng jiddiy tanişi — Donald Trampga qönğiroq qildi. «Bilasizmi, mister prezident, men tirbandlikda turibman, barça yöl siz ötişingiz uçun yopiq», dedi Makron kulib Trampga.
Lekin Tramp ham Makronga yordam berolmadi, uning kortejini ötkazişmadi. Keyin Makron Nyu-York köçalari böylab yarim soat atrofida piyoda ketişga majbur böldi. Lekin Fransiya prezidenti bu holatdan xafa bölmadi, qaytanga ajoyib samimiy fotogalereya qahramoniga aylandi, odamlar bilan rasm tuşdi.
Endi eng qiziğiga keldik. Bilasizmi, Makron bu sarguzaştni boşidan ötkazişidan avval BMTda nima haqida nutq sözlab keldi? Fransiya Falastin davlatini tan olişi böyiça. Endi tuşungandirsiz gap nimada ekanini? Fransiya Falastinni tan olişi haqida gapirgani Makronning «probka»da qolib ketişiga qançalik boğliq ekanini bilmadim, lekin Amerika Isroilning asosiy ittifoqçisi va bu davlat mavjudligining boş sababçisi ekani aniq. Isroil esa Falastin davlati tuzilişi mumkin emas deb hisoblab, Falastinni tan olgan davlatlarga tahdid qilmoqda.
Bezbetlikni qarang, Falastin davlati yerlarini bosib olayotgan Isroilga davlat tuziş mumkin ekan-u, Falastin yerlarida yaşayotgan Falastinga öz davlatini tuziş mumkin emaskan. Nimaga deb sörasangiz, «Bu yerlarni bizga Xudo bergan», degan miflarini boşlaşadi...







