Samarqand şahrida piyodalar yölakçasidan ötayotgan fuqarolarni urib ketgan haydovçi jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Millar dasturi xabar berdi.

YTH 11 aprel kuni soat 20:00 larda Samarqand şahri Nurli yöl mahallasi hududidan ötuvçi Rudakiy köçasida sodir bölgandi. 1997 yilda tuğilgan haydovçi Lacetti maşinasini yuqori tezlikda boşqarib borib, yölning belgilangan qismida piyodalarni ötkaziş uçun töxtab turgan Labo ortidan urilgan. Söngra boşqaruvni yöqotib, piyodalar ötiş joyidan ötayotgan 8 kişini urib yuborgan.

“Öşa yerda 3 qator maşina yöl berdi. Biz ötayotgan vaqtda törtinçi qatordan katta tezlikda kelib, töxtamasdan bizni urib yubordi. 2 yoşli qizim 20 metrga uçib ketdi. Oyoği sindi. Nogiron bölib qolişi mumkin edi. Hozir yurganda oqsoqlanib yuradi. Jiyanim ham bor edi. Vafot etgan opam homilador edi”, degan jabrlanuvçilardan biri.

YTH oqibatida 33 yoşli ayol şifokorlar körsatgan yordamga qaramasdan hayotdan köz yumgan.

“Şokka tuşdim. Yetib kelgunimça turmuş örtoğim olamdan ötgan ekan. Farzandlarim onasining suratiga qarab qaçon onamni olib kelasiz, deb söraşadi, eng qiyini şu savolga javob beriş”, degan YTHda vafot etgan ayolning turmuş örtoği.

JIB Samarqand şahar sudi hukmi bilan haydovçi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga 3 yil transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Qoidabuzarning onasi “baxtsiz hodisa” tufayli jabrlanganlardan uzr sörab, yolğiz boquvçisi bölgan öğli yaqinda Rossiyadan qaytganini, “şunday iş qilaman deb köçaga çiqmagani”ni aytib, intervyu bergandi.