Filippinning markaziy qismida 6,9 magnitudali zilzila sodir böldi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, kamida 69 kişi halok bölgan, deb xabar bermoqda Reuters qutqaruv xizmatlariga tayanib.
AQŞ Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotlariga köra, zilzila mahalliy vaqt bilan 30 sentabr kuni soat 22:00 atrofida röy bergan, episentr Sebu provinsiyasi qirğoqlari yaqinida joylaşgan.
Hudud ma’muriyati ma’lum qilişiça, 150 dan ortiq kişi jabrlangan.
69 kişi halok bölgani haqidagi ma’lumotni Filippin poytaxti Maniladagi fuqarolik mudofaasi boşqarmasi tasdiqladi. Boşqarma boşliği örinbosari Bernado Alexandro zilzila öçoğiga eng yaqin joylaşgan Bogo şahrida 30 kişi halok bölganini ma’lum qildi. Qutqaruvçilar vayronalarni tozalaşda davom etmoqda, deya qöşimça qildi u.
Filippin Qizil Xoç taşkiloti vakili Riçard Gordonning CNN telekanaliga ma’lum qilişiça, basketbol öyini vaqtida sport majmuasi qulab tuşgan San-Remidjio şahrida kamida 13 kişi halok bölgan. Qurbonlar orasida qirğoq qöriqlaş xizmati xodimlari va bir öt öçiruvçi ham bor.
Sebu provinsiyasidagi Bogo şahridagi şifoxona «tölib ketdi», dedi fuqarolik mudofaasi vakili Raffi Alexandro jurnalistlarga. Ijtimoiy tarmoqlar va OAVda e’lon qilingan suratlarda köpriklar va yöllardagi yoriqlar, vayron bölgan binolarni köriş mumkin.

AP / Scanpix / LETA

Ted Aljibe / AFP / Scanpix / LETA

Juanito Espinosa / EPA / Scanpix / LETA
Sebu provinsiyasi hukumati favqulodda holat e’lon qildi, u yerda zilzila tufayli töxtab qolgan elektr ta’minotini tiklaşga va jabrlanganlarga yordam yetkazişga harakat qilinmoqda.












