Tayvanlik olimlar kök çoyni muntazam iste’mol qiliş depressiyaga tuşiş ehtimolini kamaytirişini aniqladilar. Tadqiqot natijalari Nutriens jurnalida e’lon qilindi.
Tadqiqotda 27 119 nafar kişi iştirok etgan. Barça iştirokçilar tibbiy körikdan ötgan va qon tahlillari topşirgan. Köngillilar özlarining zararli odatlari, kasalliklari va jismoniy faolligi haqida ma’lumot bergan.
Çoy iste’moli bilan depressiya örtasidagi boğliqlik yoş, jins, salomatlik holati va turmuş tarzi kabi omillar bilan taqqoslangan holda örganilgan.
Olimlarning aniqlaşiça, kuniga bir-ikki piyola çoy depressiya xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Ammo kunlik me’yor oşib ketsa, çoy tarkibidagi kofein va tanin moddalari uyqusizlik, bezovtalik yoki oşqozon bilan boğliq muammolarni keltirib çiqarişi mumkin.
Taxmin qilinişiça, çoyning foydali ta’siri uning tarkibidagi polifenollar va teanin kabi moddalar bilan boğliq. Ular asab tizimiga ijobiy ta’sir körsatib, nervlarni zararlanişdan himoya qiladi va asabiylikni kamaytiradi.

















