Samarqandda ilk bor ötkazilgan “Mayiz sayli” festivali Özbekiston qişloq xöjaligida yangi bosqiçni boşladi. Endi “Samarqand mayizi” nafaqat mahalliy mahsulot, balki xalqaro standartga ega milliy brend sifatida röyxatdan ötdi.

Tadbir Samarqand viloyati hokimligi, “Xalq banki” hamda “Qöşrabot – Agro Star” MÇJ hamkorligida taşkil etildi.

Festivalning asosiy maqsadi – mamlakatimizning mayizçilik sohasidagi imkoniyatlarini keng tarğib etiş, eksport salohiyatini oşiriş va mayiz yetiştiruvçilar, qayta işlovçilar va eksportçilar örtasida hamkorlikni mustahkamlaşdan iborat.

Ayni paytda Özbekistonda 181 ming gektar tokzor mavjud bölib, şundan 55 ming gektari Samarqand viloyati hissasiga töğri keladi. Viloyatdagi 44,5 ming gektar maydonda mayizbop uzum navlari parvarişlanmoqda.

Qöşrabot tumanida esa 7 ming gektardan ziyod maydonda mayizbop uzum yetiştiriladi.

Tadbirda fermerlar, dehqonlar, xususiy sektor va davlat idoralari vakillari, xalqaro mutaxassislar qatnaşdi.

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Adiz Boboyev viloyatda uzumçilikni rivojlantiriş, yangi navlarni yaratiş va ilğor texnologiyalarni joriy etiş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berdi.

Boboyevga köra, hududlarda uzumçilik sohasi izçil rivojlanib bormoqda. Har bir tumanning iqlim va tuproq şaroitiga mos yangi tokzorlar barpo etilmoqda, zamonaviy - invitro usulida köçatlar yaratilyapti. Qöşrabotda “Avatar”, “Gigant” (“Sirliboy”) kabi navlar kengaytirilmoqda. Hosildorlik va sifat darajasini oşiriş uçun uzumzorlar şpalerga kötarilmoqda, suvni tejaş maqsadida tomçilatib suğoriş tizimi joriy etilmoqda. Asosiy maqsad – mayizbop uzum yetiştiriş, ularni sifatli quritiş, saqlaş, qayta işlaş va eksport orqali yuqori daromadga erişiş. Buning uçun ilm, tajriba va innovatsiya muhim ahamiyat kasb etadi.

“Xalq banki” Investitsiya faoliyati va davlat dasturlarini muvofiqlaştiriş departamenti direktori örinbosari Şerzod Suvonqulovning aytişiça, 2025 yil 14 fevraldagi “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi Prezident qarori mayizçilik sohasi rivojini yangi bosqiçga olib çiqişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.