Oltin narxi tarixda birinçi marta bir unsiya uçun 4000 dollardan oşdi. Qimmatbaho metallga bölgan talabning ösişi bir qator omillar ta’sirida yuz beryapti. Xususan, jahon savdosida noaniqliklar, AQŞ Federal rezerv tizimi mustaqilligi atrofida xavotirlar va Qöşma Ştatlarning fiskal barqarorligiga doir şubhalar kuçaygan. Oltin yil boşidan beri 50 foizdan köproqqa qimmatlaşdi. Tahlilçilar bu tendensiya keyingi yillarda ham davom etişini prognoz qilyapti.
Oltin narxi tarixda ilk bor bir unsiya uçun 4 ming dollardan oşdi. Narxlarning keskin qimmatlaşişi AQŞ iqtisodiyotidagi muammolar va hukumatning moliyaviy inqirozga yaqinlaşgani haqidagi xavotirlar fonida yuz beryapti, deya yozadi Bloomberg.
Bundan ikki yil avval oltin 2 ming dollardan past narxda sotilardi. Ayni paytda esa qimmatbaho metallning daromadliligi asr boşidan beri hisoblaganda aksiyalar daromadliligidan ham oşib ketdi. Oltin narxi yil boşidan beri 50 foizdan köproqqa qimmatlaşdi. Bunga jahon savdosidagi noaniqliklar, AQŞ Federal rezerv tizimi mustaqilligi atrofidagi xavotirlar va mamlakatning fiskal barqarorligiga doir şubhalar sabab bölyapti. Geosiyosiy tangliklarning kuçayişi ham xavfsiz aktivlarga talabni oşirdi, markaziy banklar qimmatbaho metallni yuqori sur’atlarda xarid qilişda davom etyapti.

Vaşingtondagilarning hukumat mablağlari bilan boğliq kelişmovçiliklari fonida investorlar bozor zarbalaridan himoya izlay boşladi va oltin rallisi yanada kuçaydi. Federal rezervning pul-kredit siyosatini yumşatiş davri boşlanişi ham oltin uçun ijobiy omil böldi. Foizlar pastlaganda, obligatsiyalar va bank omonatlari kabi aktivlardan olinadigan foyda kamayadi. Şunda investorlar daromad keltirmaydigan, lekin işonçli aktiv – oltinni afzal köra boşlaydi. Şuningdek, foiz stavkalari past bölsa, dollarning qiymati boşqa valutalarga nisbatan tuşadi. Oltin esa dollarda baholanadi, şuning uçun dollar arzonlaşganda oltin xorijiy investorlar uçun yanada jozibador böladi. Pul-kredit siyosatini yumşatiş odatda iqtisodga köproq pul kiritadi, bu esa inflatsiyani kuçaytirişi mumkin. Oltin an’anaviy tarzda inflatsiyadan himoya vositasi sifatida köriladi. Şu bois investorlar oltin narxiga boğlangan fond aksiyalariga sarmoya kiritişni kuçaytirgan va sentabr oyida sönggi uç yildagi eng katta investitsiya oqimi kuzatildi.

















