U Toşkent viloyati Pskent tumanida yaşovçi fuqaroga nisbatan Yaşnobod tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan qözğatilgan jinoyat işida unga nisbatan tanlangan ehtiyot çorasini özgartirib berganligini aytib va işni sud organlarida işlovçi tanişlari orqali ijobiy hal etib, unga yengillik qilib beriş evaziga 3700 AQŞ dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Advokatlar bilan boğliq noqonuniy holat Surxondaryo viloyatida ham qayd etildi.

Jumladan, Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Denov tumanida faoliyat yurituvçi advokatlik firmasi advokati noqonuniy ravişda fuqarodan 60 mln söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Aniqlanişiça, advokat özining sud tizimidagi tanişlari orqali JIB Denov tuman sudida körib çiqilayotgan jinoyat işi böyiça ayblanuvçiga nisbatan yengil turdagi jazo tayinlanişida yordam berişni va’da qilgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.