13 oktyabr Ğazo uçun tarixiy, şu bilan birga tinçlikka eng yaqin kun böldi. AQŞ vositaçiligidagi uruşni tugatiş rejasi doirasida Hamas barça tirik isroillik garovdagilarni ozod qildi, Isroil esa deyarli 2 ming nafar falastinlik hibsdagilarni qöyib yubordi. Şu kuni Yaqin Şarqqa kelgan Donald Tramp Isroil parlamentida nutq sözladi. Misrda Ğazo böyiça tinçlik rejasining keyingi bosqiçlari muhokama qilindi — AQŞ, Misr, Qatar va Turkiya sulh bitimining kafillari sifatida deklaratsiya imzoladi. Şu bilan birga, sulhning keyingi bosqiçida noaniqliklar köp.
13 oktabr kuni ötkazilgan garovdagilar va mahbuslarning yirik almaşinuvi Ğazodagi ikki yillik uruşni tugatiş yölidagi muhim qadam böldi. Xususan, AQŞ vositaçiligida tuzilgan rejaning birinçi, hal qiluvçi bosqiçi doirasida Hamas barça tirik isroillik garovdagilarni, ya’ni 20 kişini qaytardi. Isroil esa deyarli 2 ming nafar falastinlik mahbus va hibsdagilarni ozod qildi.
Duşanba kungi almaşinuv jarayoni 10 oktabr kuni kuçga kirgan öt oçişni töxtatiş va dam oliş kunlari Ğazoga kirgan humanitar yordamning köpayişi ortidan amalga oşdi.

Barça narsa reja böyiça ketmoqda. Faqat Hamas hozirça tört nafar halok bölgan garovdagining jasadini qaytarişini e’lon qildi. Çunki, sulh şartnomasida HAMAS va boşqa guruhlar barça jasadlar joylaşgan qabristonlarni belgilangan muddat içida topa olmasligi tan olingan.
Isroil armiyasi jasadlarning şaxsini aniqlaş uçun sud-tibbiy tekşiruvlar ötkazilişini bildirdi. Ğazoda yana 24 nafargaça garovdagilarning qoldiqlari saqlanayotganiga işonilmoqda.
Kelişuvga binoan, Isroil ayblovlarsiz hibsda saqlangan 1 700 ga yaqin falastinlikni ozod etdi. Şuningdek, umrbod qamoq jazosini ötayotgan 250 ga yaqin falastinlik mahbus ham ozod etildi. Ulardan qariyb 100 nafari bosib olingan Ğarbiy Sohilga qaytarildi. 154 kişi esa Misrga deportatsiya qilindi, oz qismi Şarqiy Quddusga qöyib yuborildi.

Ramallohda Qizil Xoç avtobuslaridan tuşgan mahbuslar milliy kiyimlarda olomon olqişlari ostida kutib olindi. Ularning köpçiligi uzoq yillik qamoq va bosqin azoblaridan çarçagan, şu bilan birga tinçlik uçun umidvor edi.
Trampning Isroilga taşrifi
Şuni Isroilga kelgan AQŞ prezidenti Donald Tramp boş vazir Benyamin Netanyahu bilan uçraşdi. Şundan söng, Knessetda 2008 yildan beri birinçi marta AQŞ prezidenti sifatida çiqiş qildi.
«Osmon tinç, qurollar jim, sirenalar töxtagan va muqaddas yerda nihoyat tinçlik quyoşi porlayapti. Isroilliklar va falastinliklar uçun uzoq çözilgan dahşatli tun nihoyasiga yetdi», deya Trampning Isroil parlamentidagi nutqini keltirmoqda Reuters.

Parlament zalida ayrim deputatlar Trampni olqişladi. Nutq çoğida Isroildagi muxolifat a’zolaridan biri «Falastinni tan oling» deb yozilgan varaqni kötarib çiqdi. Keyinroq u zaldan majburan olib çiqib ketildi.
Tramp Ğazo uruşini yakunlovçi rejasini keng mintaqaviy tinçlikning boşlanişi sifatida körsatdi. U «Ibrohim kelişuvlari» doirasida köproq davlatlar qöşilişini aytdi, hatto Eron va Isroil örtasidagi tarixiy tinçlik bitimi haqida söz yuritib: «Bu ajoyib bölmasmidi?» dedi Knessetda. Şuningdek, u Isroil prezidentidan korrupsiyadan ayblanayotgan Netanyahuni afv qilişni söradi.
Misrdagi sammit – aniq rejalar oçiqlanmadi
Isroildagi nutqini yakunlagan Donald Tramp Şarm aş-Şayxdagi sammitga uçib keldi. Ğazo sektoridagi uruşni tugatiş masalasiga bağişlangan yuqori darajadagi sammitda AQŞ, Qatar, Misr va Turkiya Ğazo sektoridagi uruşni töxtatiş töğrisida bitim imzoladi. Tramp uni «Isroil va Falastin örtasida önlab yillar davom etgan tinçlik izlanişlarida yirik buriliş» deb atadi.

New York Times'ning yozişiça, imzolangan hujjat aslida nimalarni talab qilayotgani noma’lumligiça qoldi. Tramp imzo oldidan «Biz juda köp qoidalar, tartiblar va boşqa masalalarni öz içiga olgan keng qamrovli hujjatni imzolaymiz», dedi.
Şunga qaramay, u hujjatning mazmuni haqida heç qanday izoh bermadi, hatto ikki asosiy tomon – Isroil va Hamas nomini deyarli tilga olmadi. Ularning vakillari sammitda qatnaşmadi. Imzo çekkan davlatlar – AQŞ, Qatar, Misr va Turkiya ötgan haftada öt oçişni töxtatiş va garovdagilarni mahbuslarga almaşiş kelişuvini vositaçilik bilan ta’minlagan edi.
U Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va Qatar amiri şayx Tamim bin Hamad bilan bir stol atrofida ötirgan holda ularning tinçlik sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Saudiya Arabistoni va BAA rahbarlari sammitga kelmadi. Tramp yiğiliş çoğida Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbosni iliq kutib oldi va u bilan uzoq suhbatlaşdi. Abbos Ğazo boşqaruvida faol rol öynaş niyatida, biroq Isroil bunga qarşi.

Tramp imzolangan hujjatni yuqoriga kötarganida, zal qarsaklarga töldi. Tramp kötargan sahifada — rahbarlar imzosidan yuqorida «umumiy tamoyillar deklaratsiyasi» yozilgani körinadi. Unda şunday deyiladi:
«Biz Ğazo sektorida keng qamrovli va barqaror tinçlik tartibotlarini örnatiş yölidagi yutuqlarni, şuningdek Isroil va uning mintaqaviy qöşnilari örtasida döstona va özaro manfaatli munosabatlarning yölga qöyilişini olqişlaymiz».

«Hujjatda yetakçilar «tinçlikni kelajak avlodlar uçun amalga oşiriş va uni mustahkamlaş yölida birgalikda işlaş»ga va’da bergan. Ammo bu maqsadlarga qanday erişilişi haqida heç qanday aniqlik berilmagan. Natijada kuzatuvçilar ötgan oy Tramp e’lon qilgan Ğazoni tinçlikka olib keluvçi 20 bandlik reja haqida bilganlaridan ortiq ma’lumotga ega bölişmadi», deb yozadi NYT.
Garçi mahbuslar va garovdagilar ozod qilingan bölsada, muzokaraga qöyiladigan boşqa masalalar hamon hal etilmagan. Jumladan, Hamas Trampning «qurolsizlaniş» talabi va Ğazo boşqaruvida kelajakda iştirok etmaslik şarti bilan qaçon va umuman rozi bölişi noma’lum. Şuningdek, sulh qança davom etişi ham aniq emas.
Tramp sammit iştirokçilariga «bitim hozirgi paytda navbatdagi bosqiçlarga ötayotgani»ni aytdi:
«Bu ayni damda iş jarayonida, biz hozir uçinçi va törtinçi bosqiçdamiz», — dedi u. Şuningdek, «bosqiçlarni ijobiy tarzda navbatsiz ötkazişimiz mumkin,» deb izoh berdi. Köplab noaniqliklarga qaramay, sammitda qatnaşgan deyarli barça rahbarlar Tramp va uning tinçlik taşabbusini maqtaşdi.
Keyinroq, Oq uy «Barqaror tinçlik va farovonlik uçun Tramp deklaratsiyasi» nomli hujjatni e’lon qildi — u töliq versiya sifatida taqdim etilgan bölsa-da, unda ham aniq bandlar yöq.
Misr prezidenti idorasi çiqargan sammit böyiça bayonotga köra, hujjatda «tinçlik rejasining keyingi bosqiçlarini amalga oşiriş vosita va mexanizmlari yuzasidan maslahatlaşuvlarni boşlaş zarurligi» qayd etildi. Bu jarayon Ğazoni boşqariş, xavfsizlikni ta’minlaş va qayta quriş masalalaridan boşlanib, siyosiy kelişuv yönalişida yakun topişi kerak.
Ziddiyatli masalalar
Rejaga binoan, Ğazo avval vaqtinçalik falastinlik texnokratlardan iborat ma’muriy qömita tomonidan boşqariladi. Bu qömita Tramp boşçiligidagi «Tinçlik kengaşi» nazorati ostida işlaydi. Keyinçalik hokimiyat isloh qilinganidan söng Falastin ma’muriyatiga topşiriladi.

Biroq keyingi bosqiçlarga ötiş uçun murakkab muzokaralar kutilmoqda.
Eng keskin masalalar orasida — Isroil qöşinlarini çiqariş jadvali, Hamasning qurolsizlanişi va Ğazoning kelajakdagi boşqaruv tizimi.
Hamas ilgari «Falastin davlati tuzilmas ekan, qurolsizlanmaymiz» degan pozitsiyasida turgan va Ğazoda xorijiy boşqaruv ğoyasini rad etgan. Netanyahu esa Falastin ma’muriyatining kelajakda iştirok etişiga qarşi çiqmoqda. Tinçlik bitimi böyiça ikkinçi bosqiç qaçon boşlanişi haqida söralganda, Tramp: «U allaqaçon boşlandi», deb javob berdi. «Bosqiçlar bir-biriga aralaş holatda keçyapti», — dedi u.

Isroilning Ğazoga keng kölamli uruşi 2023 yil 7 oktyabrda Hamas janubiy Isroilga hujum qilganidan söng boşlagan edi. Isroil tomoniga köra, öşa kuni 1 200 kişi halok bölib, 251 kişi garovga olingan.
Ğazoda boşlangan Isroilning harbiy amaliyotlari natijasida 67 mingdan ortiq odam halok bölgan. Bu raqamlar BMT va boşqa xalqaro taşkilotlar tomonidan işonçli deb tan olingan. BMT idoralari Isroilning harakatlarini genotsid, deb tan oldi. Bu davrda Ğazo deyarli vayronaga aylandi va sektorda oçarçilik boşlandi.








