"Samarqand 2028 yilgi Xalqaro astronavtika kongressiga mezbonlik qiladi. Mazkur forum Markaziy Osiyoda birinçi marta ötkazilmoqda. Uşbu qaror Sidneyda bölib ötgan IAS-2025 yiğilişida qabul qilindi. Unda Özbekiston Hindiston va Bahrayn kabi davlatlarni ortda qoldirdi", – deb yozgan muallif.
Maqolada qayd etilişiça, Samarqandning tanlanişi alohida ramziy ma’noga ega. Salkam yetti asr oldin Mirzo Uluğbek taşabbusi bilan bu yerda dunyodagi eng yirik rasadxonalardan biri qurilgan va u şaharni ilm-fan va bilim markaziga aylantirdi.
"Endilikda esa koinot sohasidagi eng yirik global tadbir Samarqandga yana ilmiy poytaxt maqomini qaytarmoqda. Mutaxassislar bu qarorni prezident Şavkat Mirziyoyevning ilm-fan va ta’limni rivojlantiriş borasidagi sa’y-harakatlarining e’tirofi, şuningdek, mamlakatning ösib borayotgan xalqaro nufuzining tasdiği deb atamoqda", – deya urğulangan materialda.
Saudiya OAV ma’lumotiga köra, kongressda 10 mingdan ortiq mehmon iştirok etişi kutilmoqda va uning doirasida yirik körgazma taşkil etiladi.
"Tadbirni ötkaziş sezilarli iqtisodiy samara keltirişi kutilmoqda. Misol uçun, Avstraliya xuddi şunday forumni ötkazişdan 27 million dollardan ortiq daromad olgan. Şu bilan birga, uning yoş avlodga ta’siri yanada muhimroq böladi – mutaxassislar özbekistonliklarning kosmik fan va innovatsiyalarga qiziqişi keskin oşişini ta’kidlamoqda", – deb yozilgan maqolada.











