Kompyuter silindr şaklida bölib, ustida yorqin LED halqasi bor va taşqi tomoni matodan qoplangan. Bu unga zamonaviy, toza va minimalistik köriniş beradi — ya’ni u stol ustida ham, mehmonxonada ham estetik körinadi.
Texnik jihatdan EX1/EXR1 8 yadroli AMD Ryzen 7 8745HS protsessori, Radeon 780M grafikasi, DDR5 tezkor xotirasi va NVMe PCIe 4.0 SSD bilan jihozlangan. Bundan taşqari, unda Wi-Fi 6, Bluetooth 5.0, USB4 Type-C, HDMI 2.1, DisplayPort 2.0, 2.5G internet porti mavjud.

Eng qiziqarli jihati — uning içiga ikki dona 10 vattli karnay örnatilgan. Bu bilan musiqa tinglaş va kino tomoşa qiliş juda qulay hisoblanadi. Qurilma içki batareyaga ega emas, ya’ni u faqat elektrga ulangan holatda işlaydi. Bu uni köçma emas, balki stol usti kompyuteri turiga kiritadi.
Narxi taxminan $480 atrofida bölib, bu sinfdagi kompyuterlar orasida arzon va qulay variant hisoblanadi.












