Jizzax viloyatining Mirzaçöl tumanida yoş qizaloq xususiy boğça basseyniga çökib, vafot etdi. Bu haqda Kun.uz’ga qizning onasi Nargiza Jumayeva xabar berdi.
Onaning ma’lum qilişiça, holat 24 oktyabr kuni tumandagi “Mehrli yulduz” boğçasida sodir bölgan.
“Qizim Feride Hamroqulova 2024 yil 5 may kuni tuğilgan. U basseynga çökib öldi. Hozirça biror huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari bizdan xabar olmadi, sörab-suriştirmadi. Holat böyiça heç kim izoh bermayapti. Işni “yopti-yopti” qilişmoqçi”, deydi Nargiza Jumayeva Kun.uz’ga yöllagan murojaatida.
U Qozoğiston fuqarosi ekanini, Jizzax viloyatiga kelin bölib tuşganini qöşimça qilgan.
Kun.uz holatga oydinlik kiritiş maqsadida “Mehrli yulduz” nodavlat maktabgaça ta’lim muassasasi tarbiyaçisi bilan boğlandi. U holatni tasdiqladi.
“Bu ovqatlanişga çiqayotgan vaqtimizda sodir böldi. Soat 12:00 dan keyin tuşlikka çiqamiz. Öşanda yonimda edi. Boşqa bolalarning oyoq kiyimini kiydirgunimça qayergadir ketib qolibdi. Oşxonaga ketgan deb öylab, qolgan bolalarni asta-asta oşxonaga olib bordim. Ferideni basseyndan topdim, şunday suvning ustida turgan ekan, kötarib oldim. Birinçi yordam körsatdik: kökragini bosdik, tarbiyaçimiz kelib, qölini oğziga tiqib kördi, keyin rahbarimizning öğli bilan şifoxonaga olib bordik. Guruhimda 26 nafar bola bor, bir özim qarayman. Öşa kuni 23 nafari kelgandi”, dedi Feride Hamroqulovaning tarbiyaçisi.
Qizaloq uşbu boğçaga 3 oktyabrdan kela boşlagan.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, holat yuzasidan 27 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.













