Yaponiyaning Sumitomokorporatsiyasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va boşqa bir qator taşkilotlar Özbekistonda elektr stansiyalari va energiya saqlaş tizimlarini quriş uçun 1,45 milliard dollar pul ajratadi. Bu haqda Nikkei naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, JBIC 635 mln dollar miqdorida kredit beradi. Summaning qolgan qismi Sumitomo Mitsui Banking Corporation va Norinchukin Bank tomonidan moliyalaştiriladi. Şuningdek, Osiyo taraqqiyot banki ham 140 mln dollarlik moliyalaştiriş paketini taqdim etadi.

Loyiha Özbekistonning Samarqand va Buxoro viloyatlarida umumiy quvvati 1000 MVt·soat bölgan quyoş elektr stansiyalarini (taxminan 600 ming xonadonning yillik elektr energiyasi iste’moliga teng) hamda umumiy quvvati 1336 MVt·soat bölgan energiya saqlaş tizimlarini quriş, egalik qiliş va ekspluatatsiyalaşni öz içiga oladi.

Birinçi loyihaning işga tuşirilişi 2027 yilga, ikkinçisiniki esa 2028 yilga möljallangan. Stansiyalarda işlab çiqarilgan elektr energiyasi 25 yillik elektr energiyasi oldi-sotdi şartnomasi doirasida «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari»ga sotiladi.

Loyihada xorijiy investorlarning uluşi quyidagiça böladi:

  • ACWA Power – 51 foiz;
  • Sumitomo — 20,2 foiz;
  • Yonden – 14,4 foiz;
  • Chubu — 14,4 foiz.