Prezident Şavkat Mirziyoyev YuNeSKO Boş konferensiyasi 43-sessiyasining oçiliş marosimida iştirok etiş uçun 30 oktyabr kuni Samarqandga taşrif buyurdi.
An’anaga muvofiq, avvalo Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi. Qur’on tilovat etilib, duo öqildi.
Prezident majmuadagi sönggi pardozlaş işlari, hududda amalga oşirilayotgan obodonlaştiriş jarayonlari bilan tanişdi.
Davlat rahbarining taşabbusi bilan mazkur majmua Imom Buxoriyning islom olamida tutgan yuksak mavqeyi, ulkan salohiyatiga munosib tarzda qaytadan bunyod etildi. Ziyoratçilarga şaroitlar yaratildi.

Majmua hududi kengaytirilib, ayni paytda uning umumiy maydoni 44 gektarga yetdi. Mötabar maqbara, 10 ming kişilik masjid va ma’muriyat binosi, muzey, kiriş va çiqiş ayvonlari qurib bitkazilgan. Ziyoratgohning 4 burçagidagi 75 metrlik minoralar unga mahobat bağişlagan.
Yangi muzey islom olamida muhaddislar sultoni deya e’tirof etilgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi, islom ma’rifati rivojiga qöşgan hissasini namoyon etadi. Şuningdek, muzeyda Qur’oni karimda ismlari zikr qilingan 25 ta payğambar tarixi, Muhammad alayhissalomning şajarasi, Makka va Madinadagi hayoti, hadislarning jamlanişi va yozilişi haqidagi ma’lumotlar joylaştirilgan.


Ziyoratgoh atrofida mehmonxona va boşqa xizmat körsatiş binolarida ham quriliş işlari yakuniy bosqiçga kirgan. Bitta tört yulduzli, ikkita uç yulduzli va 22 ta oilaviy uy mehmonxonalari taşkil etilgan.
Davlat rahbari majmua faoliyatini sifatli taşkil etiş, odamlarga qulayliklarni kengaytiriş, yaşil maydonlarni köpaytiriş böyiça körsatmalar berdi.
Ezgu niyatlar bilan majmua hududiga daraxt köçatlari ötqazildi.















