Toşkent viloyatining Örta Çirçiq va Quyi Çirçiq tumanlari tutaş hududida Yangi Toşkent xalqaro aeroporti qurilişi munosabati bilan aholi köçiriladi va aholi xonadonlariga va fermer xöjaliklari hududidagi mavjud bino-inşootlariga kompensatsiya tölab beriladi.
Bu haqda Örta Çirçiq tumani hokimligi tomonidan aholi va fermer xöjaliklari rahbarlari bilan muloqot ötkazildi.
«Bugun aeroport qurilişi bilan boğliq taşkiliy yumuşlar doirasida tumani hokimi I.Kasimov Xalqobod mahallasi aholisi hamda hududdagi fermer xöjaliklari rahbarlari bilan muloqot ötkazdi. Unda aholi xonadonlariga va fermer xöjaliklari hududidagi mavjud bino-inşootlariga kompensatsiya tölab berilişi, uning tartiblari haqida atrofliça tuşuntiriş berildi», deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, Yangi Toşkent xalqaro aeroporti qurilişi loyihasiga 2025 yil 15 oktabr kuni Şavkat Mirziyoyev tomonidan start berilgan edi.
Saudiya Arabistonining “Vision Invest”, Yaponiyaning “Sojitz” va Koreyaning “Inhceon” kompaniyalari iştirokidagi xalqaro konsorsium bilan hamkorlikda amalga oşiriladigan loyiha 4 bosqiçdan iborat bölib, birinçi bosqiçda 2,5 milliard dollar evaziga aerovokzal hamda aerodrom quriladi.








