«Dunyo» AA xabariga köra, mamlakat elçixonasi taşabbusi va kömagida LSBU hamda Özbekiston Hamşiralar akademiyasi rahbariyati iştirokida onlayn muzokara bölib ötdi. Uçraşuvda hamşiralik faoliyati böyiça öquv dasturlarini milliy standartlarga mos holda joriy etiş, öqituvçi-professorlar tarkibi uçun malaka oşiriş kurslari, metodik qöllanmalar almaşinuvi va tajriba amaliyotlari masalalari muhokama qilindi.

Xorijiy şerikka Akademiyaning ta’lim yönalişlari va amaliy bazasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Muzokaralar yakunida qöşma öquv dasturini amaliy bosqiçga çiqariş, kadrlar tayyorlaş sifatini xalqaro mezonlar asosida oşiriş böyiça kelişuvga erişildi.

Ma’lumot uçun: 1892 yilda taşkil etilgan LSBU da hozirda taxminan 18 ming talaba tahsil oladi, 1,7 mingga yaqin professor-öqituvçi faoliyat yuritadi. Universitet soğliqni saqlaş, amaliy fanlar, muhandislik, biznes, huquq va ijtimoiy fanlar böyiça ta’lim beradi.