Özini özi band qilgan şaxs sifatida “hamşiralik işi” faoliyati bilan şuğullanişga örta tibbiy (hamşiralik işi, davolaş işi, akuşerlik işi) yoki oliy hamşiralik işi böyiça oliy ma'lumotga ega bölgan, davlat yoki nodavlat tibbiyot taşkilotida işlamaydigan şaxslarga (hamşira) ruxsat beriladi.

Buning uçun hamşira maxsus mobil ilova yoki soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda röyxatdan ötadi. Hamşiraga ma'lumotnoma rasmiylaştirilib, şu asosda Soğliqni saqlaş vazirligining axborot dasturida röyxatdan ötadi hamda mustaqil hamşira sifatida faoliyatini boşlaydi. 

Mustaqil hamşira axborot dasturida ma'lumotlarni bevosita özi kiritişi yoki tuman (şahar) köp tarmoqli markaziy poliklinikalariga kelgan holda axborot dasturida röyxatdan ötişi mumkin. Bunda malaka töğrisidagi sertifikat bölişi talab etiladi, mustaqil hamşira ta'lim taşkilotini tugatganiga 3 yil bölmagan taqdirda uşbu sertifikat talab etilmaydi.

Sörovnoma töldirilgandan söng mazkur faoliyat bilan şuğullaniş imkonini beruvçi guvohnoma avtomatik tarzda rasmiylaştiriladi. Guvohnoma çeklanmagan muddatga berilib, uni rasmiylaştirişda haq undirilmaydi. 

Mustaqil hamşiraning şifokor körsatmasisiz hamda uning tavsiyasi asosida aholiga mustaqil tibbiy maslahat va muolajalarni bajariş böyiça huquqlari belgilandi. 

Şuningdek, mustaqil hamşiraga sterilizatsiya qilinişi talab etiladigan tibbiy buyumlardan foydalangan holda aholiga tibbiy muolajalarini bajarişiga, dori vositalari qabul qilişda nojöya ta'sir holatini aniqlaş maqsadida qöyilgan sinama holatini baholaşga ruxsat etilmaydi. Mustaqil hamşira faoliyatni amalga oşirişdagi harakatlari (harakatsizligi) uçun şaxsan javobgar hisoblanadi.    

Mazkur faoliyat bilan Prezident farmoniga köra, Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli axborot tizimida 2022 yil 1 yanvardan boşlab röyxatdan ötgan şaxslar şuğullanişi mumkin.