Sohada kadrlar tayyorgarligini zamonaviy talablarga moslaştiriş doirasida qator çoralar belgilandi.

Barça tibbiyot oliygohlarida «oliy hamşiralik işi» yönalişi oçiladi. Kelgusi yildan qabul kvotalari ikki barobarga köpayadi.

2027 yildan boşlab kvotalar eng kamida 20 foizdan bosqiçma-bosqiç oşiriladi. Maqsad — yaqin yillarda **oliy ma’lumotli hamşiralar uluşini 10 foizga yetkaziş.

Oliy ma’lumotli hamşiralar uçun maoşga 100 foiz ustama joriy etiladi.

Şu bilan birga, örta ma’lumotli hamşiralarni tayyorlaş tizimi ham yangilanadi. Bu borada Angliyaning Pearson kompaniyasi bilan hamkorlikda har bir hududda bittadan texnikum bazasida xalqaro standartlar asosida öqitiş boşlandi. Davomiylik sifatida Germaniya, Şveytsariya, AQŞ kabi davlatlarning ta’lim dasturlari ham joriy etiladi.

Kutilişiça, uşbu çoralar natijasida xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamşiralar korpusi şakllanadi; şifokor bilan yonma-yon işlaydigan, taşxis, davolaş va profilaktikada faol iştirok etuvçi kadrlar uluşi ortadi.