Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha yana Rossiyaning razvedka samolyotini tutib oldi
Polsha rasmiylari bir hafta ichida ikkinchi marta Boltiq dengizi ustida Rossiyaning razvedka samolyoti tutib olinganini ma’lum qildi. Bu paytda Polsha havo hududi buzilmagan.
Foto: AP
Polsha HHKning ikkita MiG-29 qiruvchi samolyoti 30 oktyabr kuni tongda Boltiq dengizi ustida Polsha havo hududiga yaqin joyda Rossiyaning Il-20 razvedka samolyotini tutib oldi. Mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamishning aytishicha, bu oxirgi kunlardagi ikkinchi shunga o‘xshash holat.
Polsha tomoni ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya samolyoti xalqaro havo hududida transponderi o‘chirilgan holda va parvoz rejasini taqdim etmasdan uchgan. Polsha havo hududi buzilgani qayd etilmadi. “Navbatchi guruhlar, uchuvchilar va yerdagi personalning yuqori jangovar shayligi va professionalligi tufayli operatsiya tez, samarali va xavfsiz o‘tdi”, — deya xabar berdi Polsha operativ qo‘mondonligi X mikroblogida.
Tutib olish chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukrainaga qarshi ommaviy zarbalari fonida sodir bo‘ldi, deb yozadi “Polsha radiosi”. Polshada tun bo‘yi havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlari ishladi, Polsha HHK hamda NATOning qiruvchi samolyotlari havoga ko‘tarildi.
Polsha 28 oktyabr kuni ham shunga o‘xshash holat haqida xabar bergan edi. O‘shanda ham Rossiyaning Il-20 samolyoti Boltiq dengizi ustidagi xalqaro havo hududida parvoz rejasisiz va transponderi o‘chirilgan holda uchgan, lekin Polsha havo hududiga kirmagani aytilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi bu hodisalarni izohlamadi.
RFning Ukrainaga qarshi urushi fonida NATO davlatlari bir necha bor dronlar va samolyotlarning o‘z havo hududiga kirib ketish holatlarini qayd etgan. Ayrim insidentlar Rossiyaga bog‘liq bo‘lgan.
10 sentabr tongida 19 ta Rossiya droni Polsha chegarasini kesib o‘tgani aytildi, ularning katta qismi Belarus tarafdan kelgan. Tutib olish uchun Polsha va boshqa NATO mamlakatlarining qiruvchi samolyotlari jalb etildi. Varshava buni RFning qasddan amalga oshirgan hujumi, deya baholab, Shimoliy Atlantika shartnomasining 4-moddasiga muvofiq ittifoqchilar bilan maslahatlashuv so‘radi. Moskva ayblovlarni asossiz deb atadi.
Mavzuga oid
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
15:46 / 04.12.2025
Rossiyada Roblox o‘yin platformasi bloklandi
14:59 / 04.12.2025
Ryutte: Ukraina hamkorlari Rossiyaga bosimni davom ettirishi kerak
13:47 / 04.12.2025