Uruşlar borgan sari xalqaro munosabatlarning odatiy foniga aylanib boryapti. Eng asosiy mavzular ham uruşlar bilan boğliq. Köplab ekspertlar keyingi ön yilliklarda uruşlar faqat köpayişi haqida gapirmoqda. Buning fundamental sabablari bor.
Dunyoda ikki qutblilik sovuq uruş bilan birga tugadi. Undan keyingi bir qutblilik davri ham uzoq çözilmadi. Bugun dunyoda ba’zan tezroq, ba’zan sekinroq, lekin barqaror sur’atda köp qutblilik şakllanib bormoqda. Yangi qudratlar keçagi konsensusni tan olişni istamaydi. Boşqa tomondan, keçagi yagona qudrat yoki mintaqaviy qudrat markazlari ham öz mavqeyi va monopoliyasini saqlab qolişni, bunga qöşimça global vaziyatni reviziya qilişni istaydi.
Uruşlar böyiça yirik mutafakkir Karl fon Klauzevits “Uruşning asosiy tamoyillari” kitobida “davlatlar öz duşmanlarini özlarining irodasiga böysundiriş uçun uruş oçişadi” degan edi. Uning fikriça, dengizlardagi uruşlarning maqsadi – dengizda boşqalarning bayroqlari bölmasligi, dunyo suvlarini monopol nazorat qilişga intilişdan iborat.
Bugungi kunga kelib, uruşlarning bu fundamental maqsadi özgarmadi, özgarmasa ham kerak. Biroq uruş texnikasi har doim özgarib borgan. Zamonlar oşa, texnologik va iqtisodiy rivojlaniş sabab, uruşlarning ham texnikasi, dinamikasi, taktikasi özgarib borgan. Bugun ham şu holat kuzatilmoqda.
Keyingi yillardagi bir qança uruşlarni olsak. 2022 yil fevralida Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga bostirib kirdi va uruş hali ham davom etmoqda. RF Ukrainani töliq öz nazoratiga oliş niyatida edi, biroq bunga erişa olmadi. Aksinça, keyingi oylarda Ukraina taşabbusni qöliga olmoqda va uruşni RFning içiga ham olib kirdi.
Yoki, AQŞning Eronga uruşi ham muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Çunki 2026 yil fevralida boşlanib, Erondagi siyosiy tizimni almaştirişga qaratilgan uruşda rasmiy Tehron yiqilmadi, aksinça, muzokaralardagi pozitsiyasi kuçaydi.
Yana bir misol, 2023 yil oktyabrida Isroil Hamasga qarşi katta uruş boşladi, Ğazo sektorini töliq işğol qilişga kirişdi. Biroq Isroil özi e’lon qilgan “Xamasni yöq qiliş” maqsadiga erişa olmadi. Bugun ham Xamas mavjud, u qurollangan, va Ğazoning ma’lum xududlarida bemalol harakatlanmoqda.
Bir neça ön yilliklar oldin, AQŞ, RF yoki Isroil kabi harbiy qudratli davlatlar özlarining harbiy maşinalari orqali duşman tarafni yançib taşlaşga muvaffaq bölardi. Bugun esa, vaziyat murakkab. Nega qudratli davlatlar oldingidek töliq harbiy ustunlikka ega emas?












