Özbekistonda isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga beriladigan 1 million söm miqdoridagi bir martalik moddiy yordam berilişi boşlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.
“Prezidentning 2025 yil 1 maydagi PQ–134-son qaroriga muvofiq, noyabr oyida har bir ehtiyojmand oilaga 1 million söm miqdorida bir martalik moddiy yordam berilişi boşlandi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, moddiy yordam oliş uçun arizalar 1 oktyabrgaça qabul qilingan bölib, ular “Mahalla yettiligi” tomonidan körib çiqilib, ma’qullangan.
Avvalroq isitiş mavsumida tabiiy gaz böyiça bazaviy me’yor oşirilgandi.







