Qaşqadaryo viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kontrakt mablağini tölaşda qiynalayotgan oilalar farzandlarining oliy ta’lim olişini qöllab-quvvatlaş çoralari körilmoqda.
Viloyat hokimi Murod Azimov tomonidan ehtiyojmand oilalar farzandlarining oliy ta’lim muassasalarida tahsil olişini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qaror qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Qaşqadaryo viloyatidagi 856 nafar talaba-yoşning kontrakt tölovlarini qoplaş uçun jami 3 milliard 780 million 600 ming söm mablağ ajratilgan.
Mazkur mablağlar, avvalo, oliy ta’lim oliş istagida bölgan, ammo oilaviy va moddiy şaroiti sabab kontrakt tölovini amalga oşirişda qiyinçilikka duç kelayotgan talabalarni qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi.
Şuningdek, taşabbus xotin-qizlarning oliy ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, yoşlarning bilim va kasbiy salohiyatini oşirişga qaratilgan.
Qayd etilişiça, talabalarning kontrakt mablağlarini tölab beriş orqali ehtiyojmand oilalar farzandlarining ta’lim olişini davom ettirişiga kömaklaşiş közda tutilgan.








