Yangi miqdorlarga köra, 3 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bir nafar farzand uçun bolalar nafaqasi 295 ming sömni taşkil etadi.
Oilaning ikkinçi farzandi uçun qöşimça 177 ming söm, uçinçi va undan keyingi har bir farzandi uçun esa qöşimça 118 ming söm tölanadi.
Şuningdek, 1 iyuldan moddiy yordam miqdori 450 ming söm etib belgilandi. Yoşga doir nafaqa hamda nogironligi bölgan bolaning onasiga beriladigan yoşga doir nafaqa miqdori 878 ming sömni taşkil etadi.
Bundan taşqari, I guruh nogironlik nafaqasi 1 mln 209 ming söm, II guruh nogironlik nafaqasi esa 1 mln 83 ming söm miqdorida tölanadi.
Nafaqa va tölovlar miqdorining oşirilişi aholining ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş hamda ehtiyojmand qatlamlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.

















