Abdulla Qodiriy köçasi böyidagi daraxtlar kökalamzorlaştiriş tadbirlari qurboni bölişi mumkin. Önlab daraxtlarning poyiga yarim metr va undan yuqori balandlikda tuproq tortildi. Dendrolog Atirgul Xolmirzayevaga köra, bu daraxtlarning sekin-asta qurişiga olib keladi. Toşkent şahar hokimligi esa daraxt atrofidagi tuproq bahorgaça olib taşlanişini ma’lum qildi.
Abdulla Qodiriy köçasining 3 kmlik qismida buta va gullar ekilmoqda. Bu uçun köça yoqasiga tuproq tökilib, yer sathidan 1 metrça kötarilgan. Mutaxassislar va ekofaollar agar holat asliça qolsa daraxtlar yetarliça nafas olmay, nobud bölişini ta’kidlamoqda. Kun.uz muxbiri manzilda bölib, vaziyatni örgandi. Şayxontohur tumani obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş bölimi boşliği Nurlan Qulmanovning aytişiça, har kuni bu yerga şahar va tuman ekologiya bölimi xodimlari kelib ketadi.
“1-2 kun katta hajmda gul ekiş işlari olib boriladi. Öşa gul ekib bölib, daraxtlarning tagini oçib çiqamiz. Tuproq ildizning havo olişini qiyinlaştiradi. Uzoği 2-3 kunda oçamiz. 15 noyabrda şaharda mehmonlar bor, öşanga gul, buta ekiş jarayoni bölyapti, 2-3 kun içida agrotexnik tadbirlar olib boramiz. Daraxt joylaşuvi inobatga olingan. Dizaynerlar daraxtning keyingi ösuvçanligini öylab 3 metr masofa qilib olgan. Butalar hozir daraxtgaça bölgan joyiga ekilyapti”, - deydi u.
Qulmanovning sözlariga köra, qisqa vaqtda katta iş qilingani uçun daraxtlar atrofiga tuproq töplangan.
“Bitta daraxt emas bu yerda. Qariyb 3 kilometr joyida bölyapti. Köçaning ikki tomonida. Komanda bölgan bunga. Qor yoğadimi, toş yoğadimi daraxtlarning atrofini oçib çiqişiga majburmiz”, - deydi Qulmanov.
Toşkent şahar botanika boği vakili, dendrolog Atirgul Xolmirzayeva ham hududga kelib, Kun.uz muxbiri bilan suhbatda böldi. Uning ma’lum qilişiça, daraxtlar oxir-oqibat çirib ketişi mumkin.
“Bu yerga bitta tuproq bilan qolmaydi, gazon qiladi. Mana, lavanda, gullar ekib qöyişibdi. Bularga suv quyiladi. Zaxlaydi.
Gazon sepilsa ham zax ketadi. Tuproq doimiy höl bölgandan keyin tana çirişga ötadi. Men hozir quriydi deb aytmayman, sekin-asta qurib boradi. Şu yerni salgina yumşatib, ozuqa berib, haligi lavandalarni eksa, çiroyli bölib turardi. Körinsin deganmi? Çiroyli qilamiz deb daraxtlarni öldirişga olib kelyapti-da. Buning çiroyli bölgani kerakmi, bizga kislorod kerakmi? Menimça, bu notöğri.







