Vaşingtonda Markaziy Osiyo – AQŞ S5+1 sammitidan oldin Davlat departamenti taşqi işlar vazirlari uçun qabul uyuştirdi. Unda nutq sözlagan AQŞ prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serjio Gorning aytişiça, endi bu davlatlar munosib e’tiborga sazovor böladi.
Serjio Gor uzoq yillar mobaynida AQŞ rahbariyati bu mintaqaga kerakliça e’tibor qaratmaganini qöşimça qildi.
“Prezident meni Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakil etib tayinlaganida, u menga avvalgi ma’muriyatlar davrida dunyoning bu mintaqasiga munosib darajada e’tibor qaratilmaganini alohida ta’kidladi. Uning bu mintaqaga sodiqligi şundan iboratki, endi Oq uy bilan bevosita aloqa yölga qöyiladi va bu mintaqa öziga munosib e’tiborni oladi”, deydi prezident maxsus vakili.
Serjio Gor ötgan hafta mintaqada bölganini ham yodga olib, iliq fikrlarini bildirdi.
“Ötgan haftaning özida kotib örinbosari Lando ikkimiz Özbekiston va Qozoğistonga taşrif buyuriş şarafiga muyassar böldik. Bu juda muvaffaqiyatli taşrif böldi. Ertaga barça beş davlat rahbari Oq uyga taşrif buyurişi munosabati bilan bu haqda batafsilroq bilib olasiz. Markaziy Osiyo mehmondöstligi haqiqatan ham beqiyosdir. Şunçalik köp ovqatlandikki, menimça, Kris ikkimiz keyingi bir neça oy davomida ozişimizga töğri keladi. Iliq kutib oliş, lazzatli taomlar, ajoyib tarix va madaniyat tufayli prezidentning maxsus vakili sifatidagi mintaqaga ilk taşrifim unutilmas böldi. Yaqin kelajakda Turkmaniston, Tojikiston va Qirğiz Respublikasiga taşrif buyurişni intiqlik bilan kutaman”, dedi Gor.
Eslatib ötamiz, bu yili diplomatik format tuzilganiga 10 yil tölayotgani munosabati bilan AQŞ prezidenti beş davlat rahbarlarini ilk bor Oq uyda qabul qiladi.











