Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanida sodir bölgan avtohalokatda 9 kişi halok böldi, ikki bola tirik qoldi degan xabarlar tarqaldi. Ammo viloyat IIB YHXB axborot xizmati bu ma’lumotlarni rad etdi va voqea böyiça rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lumotga köra, hodisa 2025 yil 7 noyabr kuni soat 17:20 larda M-39 “Toşkent-Termiz” avtomagistral yölining 1257-kilometrida Nexia-2 va Cobalt avtomaşinalari iştirokida sodir bölgan.
Rasmiy bayonotda ta’kidlanişiça, avtohalokat oqibatida bir nafar yölovçi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Yana ikki kişi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot bölimiga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Ğuzor tumani IIB tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarini tekşirilmagan va asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka çaqirdi.









