AQŞ prezidenti Donald Tramp Vengriyaga Rossiya neftini xarid qilişga qöyilgan AQŞ sanksiyalaridan istisno berganini 7 noyabr kuni keçqurun Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi.

“Qöşma Ştatlar Vengriyaga neft va gaz böyiça sanksiyalardan töliq va muddatsiz istisno berdi. Bu qaror uçun minnatdormiz — u mamlakatimiz energetik xavfsizligini kafolatlaydi”, — deb yozdi Siyyarto X mikroblogida Tramp va Vengriya boş vaziri Viktor Orbanning Oq uydagi uçraşuvi yakunlangaç.

Şu bilan birga, Oq uyning ismi oşkor etilmagan vakili AFP agentligiga istisno faqat bir yil davomida amal qilişini ma’lum qildi.

Bundan avval Tramp Vengriyani Rossiya neftini sotib oliş böyiça sanksiya şartlaridan ozod etişga tayyor ekanini aytgan edi. “Bu masalani körib çiqyapmiz, çunki Vengriyaga boşqa hududlardan neft va gaz oliş juda qiyin”, — dedi u 7 noyabr kuni jurnalistlarga Orban bilan uçraşuv payti. “Bilasiz, ularning dengizga çiqiş yöli yöq”, — deya öz fikrini izohladi u.

Şu bilan barobar, Oq uy rahbari dengizga çiqiş yöli bor YeI mamlakatlarini Rossiyadan hanuz energiya manbalari sotib olayotganlikda aybladi. “Bu meni jiddiy xavotirga soladi: biz ularga yordam beramiz, ular esa borib Rossiyadan neft va gaz xarid qiladi”, — dedi u. Bryussel esa bu da’volarga qöşilmadi: Rossiyaning Ukrainaga hujumidan keyin YeI Rossiya neftini import qilişni taqiqladi. YeK ma’lumotiça, YeIga Rossiya nefti importi uluşi 2021 yilning 1-çoragidagi 29 foizdan 2025 yil 2-çoragida 2 foizgaça tuşgan.

Viktor Orban Vaşingtonda Rossiya energiya resurslari mamlakat uçun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. U AQŞ prezidentiga “Rossiyadan neft va gaz kelmay qolsa, venger xalqi va iqtisodiyoti uçun oqibatlar qanday bölişini” tuşuntirişga tayyorligini bildirdi. “Çunki u bizga quvurlar orqali yetkazib beriladi. Quvur — ideologik yoki siyosiy masala emas. Bu fizik reallik, çunki bizda port yöq”, — dedi Orban.

Uçraşuvda Tramp Orbanni “katta rahbar” deb maqtab, boşqa yevropaliklarni “Vengriyani köproq hurmat qiliş”ga çaqirdi va Orbanning migratsiya masalasida “töğri” bölganini ta’kidladi. Orban esa mamlakatda “nol migratsiya” qoidasi borligini qayd etdi.

22 oktyabr kuni AQŞ “Rosneft” va “Lukoyl”ga sanksiyalar joriy etgan, bunga “Rossiyaning Ukrainada tinçlik jarayoniga jiddiy qiziqiş körsatmayotgani” sabab qilib keltirilgan edi. Bir neça kun ötgaç, Tramp Viktor Orbanning şaxsiy iltimosiga qaramay, Budapeşt uçun istisno qilişdan boş tortgani haqida xabar berilgandi.