Özbek futboli fidoyisi Tölagan Isoqov butun umrini futbol tarğiboti va rivojiga bağişlagan yetuk mutaxassis edi. U futbolçi sifatida “Paxtakor” jamoasi şarafini 13 mavsum davomida munosib himoya qilib, 252 öyinda maydonga tuşgan va 52 gol urgan.

Murabbiylik faoliyatida Isoqov “Paxtakor”, “Zarafşon” va “Surxon” jamoalarini boşqargan. Sönggi yillarda esa ÖFA faxriylar kengaşiga rahbarlik qilib, futbolning ommalaşuvi, yoşlar tarbiyasi va murabbiylar maktabi rivojiga katta hissa qöşdi. U yoş avlodni vatanga muhabbat va sportga sadoqat ruhida tarbiyalaş yölida fidokorona xizmat qilgan.

ÖFA rahbariyati va butun futbol jamoatçiligi marhumning porloq xotirasi doimo e’zozlanişini ta’kidladi.