Bugun, 11 avgust kuni «Paxtakor» fojiasiga roppa-rosa 40 yil töldi. Şu munosabat bilan Tribuna.uz özbek futbolining tirik afsonasi, öşa halokatdan baxtli voqelik sabab omon qolgan Tölagan Isoqov bilan intervyu taşkil qildi.

Şu yil aprelda 70 yoşini qarşi olgan Tölagan ota bu sana arafasidagi tadbirlardan arang vaqt topib, suhbatga rozilik berdi. 9 nevaraning bobosi ÖFA qoşidagi Faxriylar kengaşi raisi örinbosari sifatida hamon futbol içida. Şu bois ham 11 avgust sanasidagi tadbirlar taşkilotçiligi bilan boğliq masalalarga bevosita mas'ul. Suhbatimiz ana şu Faxriylar kengaşining iş faoliyatidan boşlanib, söng Tölagan otaning «Paxtakor»da öynagan yillariga köçdi.

«Men «Paxtakor»ning uçta avlodini kördim. Birinçi avlod ­– men kelganimda Pşeniçnikov, Krasnitskiy, Abduraimov, Rahmatullayev kabi uluğ futbolçilar bor edi. Keyingisi ­­- Ibrohimov, Varyuxin... Undan keyingi, oxirgi avlod deymiz, öşa – 17 yigit, özimizdan çiqqan futbolçilar.

Avvalgi va hozirgi futbolni soliştirganda, nega avvallari 60 ming kişi futbol körişga tuşgan-u, hozir 5 mingta ham kirmayapti, degan savollar tuğiladi. Çunki biz öşa paytda futbol uçun futbol öynardik, pul uçun öynamasdik. «Paxtakor» tarkibida tuşişning özi bölmasdi. 17 yoşimda komandaga kelganimda qanaqa hujumçilar bölgan «Paxtakor»da – Krasnitskiy, Abduraimov, Bektaşev, Belkumov, Ibragimov... Öşa asosiy sostavdan örin oliş uçun nima qilişim kerak edi? Intilib, ularning bittasining örnini olib qöyişim kerak edi. Haqiqatda bir yilning içida öz harakatlarim bilan asosiy sostavga tuşganman», - deydi u.

Suhbatning bevosita «Paxtakor» halokatiga doir qismida oradan 40 yil ötgan bölsa-da xotiralar keçagidek, bu xotiralar bilan boğliq iztirob ham hali hamon unutilmaganiga yana bir bor amin böldik.

«Ular bilan kamida 7-8 yil öynadim. Xuddi aka-ukadek bölib qolgandik. Öşa bolalar nimani körişdi? Boşqa şaharlarga borardik: gostinitsa, ovqatlaniş, öyin, samolyot... Bir kunga uyga qaytib kelib, yana ketding... Hayotda şuni körişdi.

Orzulari köp edi-ku ularning ham? Nega öşandan keyin futbolni taşlab yuborganman? Şarof Raşidov uç marta çaqirgan: «Öğlim, öynaysan yana», deb uç marta aytgan. «Yöq, men öynay olmayman boşqa...» Öşa bazaga boraman, yotaman, közimga faqat öşalar körinadi... Ular yöq. Ertalab turaman – boşqa jamoa.

Iltimos qilişganida ham, «Men boşqa futbol öynay olmayman, buni kötara olmayman», deb futbolni taşlaganman.