Futbol böyiça Özbekiston milliy jamoasi yordamçi murabbiyi Timur Kapadze Fabio Kannavaro boşçiligidagi murabbiylar ştabini tark etdi. Bu haqda ÖFA matbuot xizmati rasman xabar berdi.
Qayd etilişiça, Kapadze öz faoliyatini yangi bosqiçda davom ettiriş istagini bildirib, ÖFA rahbariyatiga lavozimidan ozod etişni sörab murojaat qilgan.
Mutaxassisga boşqa klubdan taklif tuşgani va u boş murabbiy sifatida faoliyat yuritiş niyatida ekani bois, ÖFA rahbariyati Kapadzening qarorini hurmat bilan qabul qilgan.
Assotsiatsiya öz bayonotida Temur Kapadzening özbek futboli rivojiga qöşgan hissasini e’tirof etib, unga samimiy minnatdorlik bildirgan va kelgusi murabbiylik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.
Manbalarga köra, uşbu mutaxassisga Superliga jamoalaridan, şuningdek, xorijdan takliflar bor.
Ma’lumot uçun, yaqin ötmişda Özbekiston milliy jamoasida futbolçi sifatida öynagan Temur Kapadze 2018 yildan murabbiylik faoliyatini boşlagan, bir muddat milliy jamoa boş murabbiyi vazifasini bajaruvçi bölib işlagan, keyinroq Toşkentning «Lokomotiv» klubini boşqargan, 2019-2021 yillarda Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Vadim Abramovga yordamçilik qilgan, şu bilan bir vaqtda, 2020-2024 yillarda Özbekiston yoşlar jamoasiga boş murabbiy bölgan, uşbu jamoa bilan tarixda ilk bor Olimpiadaga yöllanmani qölga kiritgandi.
2025 yil yanvarida esa ÖFA slovakiyalik mutaxassis Sreçko Katanets bilan şartnomani bekor qilgaç, uning örniga Timur Kapadze Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyligiga taklif etilgandi. U bu jamoa bilan ham tarixda ilk bor jahon çempionatiga yöllanmani qölga kiritadi.
Ammo 2025 oktyabrida ÖFA italiyalik Fabio Kannavaroni milliy jamoaning yangi boş murabbiyi sifatida e’lon qildi. Bu qaror «turnirda munosib iştirok etiş va mundial havosini olib kiriş uçun aynan futbolçi sifatida iştirok etgan mutaxassisni jalb qiliş közda tutilgani» bilan izohlandi. ÖFA vitse-prezidenti Ravşan Ermatov yangi boş murabbiy taqdimot marosimida Kapadze Kannavaroning murabbiylar ştabida işlaşda davom etişini ma’lum qilgandi, ammo öşa tadbirning özida uşbu mutaxassis ştabda uzoq qolmoqçi emasligini bildirgandi.








