Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 3-4 may kunlari Samarqandda bölib ötadigan Osiyo taraqqiyot banki Boşqaruvçilar kengaşining 59-yillik yiğilişi tadbirlarida iştirok etadi.
Davlat rahbari tadbirning oçiliş marosimida nutq sözlaydi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazadi.
Yiğilişning boş mavzusi – “Taraqqiyot çorrahalari: mintaqaning özaro boğliq kelajagini ilgari suriş”. Forum global va mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini muhokama qiliş uçun muhim xalqaro platforma böladi.

Iştirokçilar asosiy e’tiborini “yaşil” transformatsiya, energetik ötiş, raqamlaştiriş, investitsiyalarni jalb qiliş, oziq-ovqat xavfsizligi, sanoatda yetkazib beriş zanjirlarining barqarorligi va boşqa masalalarga qaratadilar.
Beş kunlik sammitda 100 dan ortiq mamlakat delegatsiyalari, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valuta jamğarmasi, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boşqa institutlar rahbarlari va xodimlari hamda xorijiy hukumatlarning 2 ming nafarga yaqin vakillari, yetakçi kompaniyalar va banklar, transmilliy korporatsiyalar top-menejerlari hamda nufuzli ekspertlar iştirok etadi. Jami 4 mingdan ziyod delegat qatnaşişi kutilmoqda.
Özbekiston 1995 yildan buyon Osiyo taraqqiyot bankining a’zosi bölib, uning eng yirik hamkorlaridan biri hisoblanadi: loyihalar portfelining umumiy hajmi qariyb 16 milliard dollarni taşkil etmoqda. Özbekiston bankning yillik yiğilişiga ikkinçi bor mezbonlik qilmoqda.







