Şu kunlarda Amerika prezidenti Tramp mamlakat aholisiga kamida 2000 dollardan pul tarqatilişi haqida gapirib qoldi. U bojlardan tuşadigan pulni konvertga solib, amerikaliklarga tarqatmoqçi.
«Hamma dividend oladi»
Dividend degan sözni eşitgan bölsangiz kerak. Sodda qilib aytganda, korxona aksionerlari yil yakunida bölib oladigan foyda taqsimoti dividend deyiladi. Dividendni oddiy odamlar olmaydi. Lekin Tramp serdaromad aholi qatlamidan boşqa barça oddiy amerikaliklarni import bojlaridan tuşadigan foydaga şerik qilib, ularga dividend tölamoqçi.
«Tariflarga qarşi odamlar – AHMOQLAR. Biz hozir dunyodagi eng boy va hurmat qilinadigan davlatmiz. Inflatsiya deyarli nolga teng, fond bozorida rekordlar. Biz trillion dollarlab foyda olamiz va tez orada 37 trillion dollarga yetgan davlat qarzini tölaşni boşlaymiz. AQŞga rekord miqdorda investitsiya kiritilmoqda, hamma yerda zavod, fabrikalar qurilyapti. Daromadi yuqori odamlardan taşqari hammaga 2000 dollardan kam bölmagan dividend tölanadi», deb yozdi Tramp.
Albatta, Tramp odatdagiday börttirdi: Amerikada inflatsiya nolga teng emas, fond bozoridagi rekordlar faqat raqamlarda, aslida u aytgançalik dahşatli ösiş bölganga öxşamayapti. Lekin Tramp amerikaliklarga pul tarqatiş masalasini kötarganining özi juda qiziq.
AQŞ moliya vaziri Skott Bessentning aytişiça, Tramp va’da qilgan dividend aynan naqd pul körinişida bölmasligi ham mumkin. «Bu haqda hozirça prezident bilan gaplaşganim yöq. 2000 dollar dividend turli körinişda bölişi mumkin: masalan, soliqlarni kamaytiriş körinişida, prezident bu masalani körib çiqayotgandi. Balki çoy-çaqa uçun soliq bekor qilinar, balki ijtimoiy ta’minot körinişida yordam berilar, balki avtokredit uçun tölab berilar. Soliq qonunçiligida buning yöllari köp», degan Amerika boş moliyaçisi.
Lekin Tramp qandaydir soliq imtiyozi emas, aynan konvertga pul solib, amerikaliklarga tarqatişga havasmand körinadi, har holda uning postidan şunday xulosaga keliş mumkin. Bunaqasi Amerikada bölib turadi, koronavirus pandemiyasi vaqtida hukumat odamlarga konvertga solib pul tarqatgan.
Kattalar kimgadir yordam berişni istasang, unga şunçaki pul ber, degan bölişsa, bekorga aytişmagan – butun boşli Amerikada ham oddiy aholiga yordam berişning bundan yaxşi yölini öylab topişmagan.
Demokratlar ğalabasi fonida










