Prezident Şavkat Mirziyoyevga temiryöl sohasida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusi yillar uçun rejalar taqdimot qilindi.

«Temiryöl tarmoğida boşlangan keng kölamli transformatsiya jarayonlari özining ijobiy natijalarini bera boşladi. Ötgan yilni tarmoq ilk bor sof foyda bilan yakunladi, joriy yilning birinçi töqqiz oyida sof foyda 800 milliard sömdan oşdi. Tranzit va yölovçi taşiş, eksport va investitsiya hajmlari ösib bormoqda», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Taqdimotda bu natijalar bilan çeklanmay, aholi soni va iqtisodiyot ösişiga mos ravişda temiryöl transporti xizmatlarining sifati hamda qamrovini kengaytiriş, tarmoqda xarajatlarni qisqartirişni davom ettiriş zarurligi ta’kidlandi.
Xususan, transport hisobidan boşlab, harakat oqimigaça bölgan barça bosqiçlarda sun’iy intellekt asosida nazorat örnatiş orqali xarajatlarni tahlil qiliş, yöl qöyilayotgan yöqotişlarni aniqlaş va şu asosda tannarxni 20 foizga kamaytiriş mumkinligi qayd etildi.
2026–2030 yillarda yölovçi va yuk taşiş hajmini kamida ikki barobarga oşiriş zarurligi körsatib ötildi.

Buni ta’minlaş uçun 151 kilometr yangi temiryöl quriş, 182 kilometr masofadagi yöllarni elektrlaştiriş, şuningdek, 27 ta mavjud stansiya va 1 ming kilometr yölni modernizatsiya qiliş rejalari haqida ma’lumot berildi.
Jumladan, «Nurafşon – Pskent – Böka – Bekobod – Boyovut – Yangiyer» va «Xovos – Daştobod» yönalişlarida elektrlaştirilgan yangi temiryöllar quriladi. «Qumqörğon – Quduqli», «Samarqand – Urgut» va «Baytqörğon – Parkent» yöllarini elektrlaştiriş, «Toşkent – Samarqand», «Töqimaçi – Angren» va «Angren – Pop» yöllarining ötkazuvçanlik qobiliyatini oşiriş rejalaştirilgan.
Respublika böylab şaharlar atrofida qatnaydigan poyezdlar harakatini faollaştiriş maqsadida mavjud 40 ta yönalişga qöşimça yana 15 ta yangi yönaliş oçiş taklif qilindi.
Xususan, «Toşkent – Nurafşon – Ohangaron – Angren», «Navoiy – Zarafşon – Uçquduq», «Qöqon – Namangan – Andijon – Marğilon», «Termiz – Qumqörğon – Boysun – Darband», «Nukus – Şovot – Urganç – Xiva», «Jizzax – Döstlik – Aydar-Arnasoy köli», «Qarşi – Şahrisabz» kabi yönalişlarda şahar atrofi qatnovlarini yölga qöyiş orqali aholining kundalik safarlari uçun qulay şaroit yaratilişi qayd etildi.












