TSARKA nima?

TSARKA — 2015 yilda taşkil etilgan kiberxavfsizlik markazi. Bu Qozoğistondagi birinçi xususiy CERT va Markaziy Osiyodagi yetakçilardan biridir. TSARKA jamoasi tizimlarni zaifliklar böyiça audit va tekşiruvdan ötkazadi, kirişni sinab köradi, kiberxujumlarni tahlil qiladi va kompaniyalarga himoyani yölga qöyişda yordam beradi.

Markazda 70 dan ortiq sertifikatlangan mutaxassislar faoliyat yuritadi. Taşkilotning Estoniya, Polşa, AQŞ va Qirğizistonda vakolatxonalari mavjud. TSARKA, şuningdek, KazHackStan konferensiyasini ötkazadi va kiberxavfsizlik böyiça xalqaro turnirlarda iştirok etadi.

Fido-Biznes Academy va TSARKA nega hamkorlik qilmoqda?

Fido-Biznes Academy va TSARKA örtasida hamkorlik şartnomasi imzolangan kuni Nurjau Bolatbek tomonidan CISO Mindset kursi ötkazildi va u iştirokçilarning yuqori baholariga sazovor böldi. Kelajakda Fido-Biznes Academy va TSARKA kiberxavfsizlik böyiça qöşma kurs va treninglar taşkil etadi. Ular rahbarlar, IT-mutaxassislar, bank xodimlari va öz ma’lumotlarini qanday himoya qilişni tuşunişni istagan har bir kişi uçun foydali böladi.

Dasturlar amaliyotga yönaltirilgan böladi: kiberxujumlarni simulyatsiya qiliş, hodisalarga javob berişni maşq qiliş va sertifikat oliş imkoniyati mavjud.

"Biz mintaqadagi kiberxavfsizlik yetakçisi TSARKA kompaniyasi bilan hamkorlik qilişdan mamnunmiz. Bu biznes va davlat tizimlarini zamonaviy tahdidlardan himoya qiladigan mutaxassislarni tayyorlaşga yordam beradigan yangi ta’lim ekotizimini yaratiş yölidagi qadamdir", — deydi Fido-Biznes Akademiyasi direktori.

Nima uçun bu muhim?

Tahlilçilarning prognozlariga köra, 2025 yilga borib dunyoda kiberjinoyatlardan körilgan zarar 10,3 trillion dollardan oşadi. Ayniqsa, kiçik va örta korxonalar zaif hisoblanadi, ular uçun ma’lumotlarni yöqotiş juda katta xavf tuğdiradi. Fido-Biznes Academy va TSARKA örtasidagi hamkorlik ta’lim, xabardorlikni oşiriş va kadrlarni kasbiy tayyorlaş orqali Özbekiston va Markaziy Osiyoda biznesni kiberximoya qiliş darajasini oşirişga qaratilgan.