18 noyabr kuni Oq uyda Donald Trampning yonida ötirgan Muhammad bin Salmon AQŞga investitsiya kiritişga doir bergan 600 milliard dollarlik va’dasini 1 trillion dollarga oşirişini aytgandi. Ammo u tafsilotlar yoki muddatlar haqida heç qanday ma’lumot bermadi.

Valiahd şahzodaning bu va’dasi asosan Saudiya Arabistonining neft va tabiiy gaz zaxiralaridan foydalanib, mamlakatni sun’iy intellekt böyiça ma’lumotlar markaziga aylantirişga qaratilgan, deb yozmoqda AP.

19 noyabr kuni esa AQŞ–Saudiya biznes forumida nutq sözlagan Prezident Donald Tramp sahna ortida bölgan qisqa suhbatda şahzodadan bu raqamni oşirişni söraganini aytdi.

«Biz suratga tuşayotganimizda men unga, ‘Buni 1,5 trillion qila olasizmi?ʼ deb aytdim. Endi u bu haqda öylaşi kerak», dedi Tramp.

«Biz bu xonadagi şeriklar bilan birga dunyodagi eng katta, eng qudratli, eng innovatsion sun’iy intellekt ekotizimini quriş uçun yaqindan hamkorlik qilamiz», dedi Tramp Forumdagi çiqişida.

Humain kompaniyasi boş direktori Tareq Amin aytişiça, uning Saudiya tomonidan qöllab-quvvatlanadigan sun’iy intellekt kompaniyasi Trampning may oyida taşrifi vaqtida taşkil etilgan. Kompaniya Saudiyaning energiya işlab çiqariş quvvati va AQŞ texnologiyalarini birlaştirib, ma’lumot markazlari va AI infratuzilmasini quriş imkoniyatini körmoqda. «Ha, bu juda katta ambitsiyali, aqldan ozdiradigan narsa,» dedi Amin işonç bilan.

Saudiya investitsiyalari AI ösişiga boğlangan. Xususan, investitsiyalar poygasi Saudiya Arabistonining va’dalarida yaqqol körinmoqda.

Kimlar bilan qanday kelişuvlar böldi?

Bin Salmon va Tramp tadbirda Amerika korporativ dunyosining eng qudratli rahbarlari, yetakçi biznesmenlar bilan yelkama-yelka turdi. Ular orasida Nvidia'dan tortib Tesla'gaça bor.