2025 yil 21 noyabr kuni soat 09:00 holatiga köra atmosfera havosi ifloslanişi monitoringi avtomatik stansiyalari ma’lumotlariga binoan, Toşkent şahrida havo sifati körsatkiçlarida xavotirli özgariş qayd etildi.

Ma’lumotlarga köra, PM10 turidagi mayda dispersli zarraçalar miqdori 267,3 mkg/m³ ni taşkil etdi. Bu körsatkiç ruxsat etilgan me’yor (REM — 300 mkg/m³)dan oşmagan.

Şu bilan birga, PM2,5 turidagi mayda dispersli zarraçalar miqdori 187,2 mkg/m³ ga yetgan. Bu esa belgilangan me’yor — 60 mkg/m³ dan 3,1 barobar yuqori ekanini körsatadi. Mutaxassislar aytişiça, bunday holat nafas yöllari va yurak-qon tomir tizimida muammolari bor şaxslar uçun ayniqsa xavfli hisoblanadi.

Ta’kidlanişiça, körsatkiçlarning oşişiga havo haroratidagi keskin özgariş ham ta’sir qilgan. Harorat özgarişi inversiya jarayonini keltirib çiqaradi, natijada mayda zarraçalar havoning pastki qatlamlarida töplanib, atmosferada ularning konsentratsiyasi oşadi.

Mutaxassislar respublika aholisi, ayniqsa poytaxtda yaşovçi fuqarolar va mehmonlardan qöşimça ehtiyot çoralarini körişni söramoqda. Jumladan:

  • oçiq havodagi faoliyatni, ayniqsa yuguriş, sport bilan şuğullaniş kabi jismoniy yuklamalarni vaqtinça qisqartiriş;
  • imkoni boriça uy yoki işxona binolarida qoliş, zarurat tuğilgandagina taşqariga çiqiş;
  • köçaga çiqqanda niqob taqiş, bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor şaxslarni iloji boriça havodan himoya qiliş tavsiya etilmoqda.

Şu bilan birga, aholiga rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadigan havo sifatiga oid ma’lumotlarni muntazam kuzatib boriş, soğliq bilan boğliq şubhali holatlarda şifokorlarga murojaat etiş tavsiya etiladi.