Ternopil şahrida Rossiya hujumi sodir bölgan joyda ikkinçi kundirki qidiruv va avariya-qutqaruv işlari davom etmoqda. «Qutqaruvçilar töxtovsiz işlayapti, vayronalarni tozalayapti, beton konstruksiyalarini çiqarib taşlayapti va odamlarni qidirmoqda — vayronalar ostida qolib ketgan bölişi mumkin bölganlarni», deb xabar berdi Ukraina Favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmati payşanba, 20 noyabr kuni.

Xizmat ma’lumotlariga köra, hujum natijasida 26 kişi, jumladan uç nafar bola halok bölgan, yana 93 kişi, şu jumladan 18 nafar bola yaralangan. 46 nafar jabrlangan şaxsni, şulardan yetti nafar bolani tirik holda qutqarib qoliş imkoni bölgan. Taxminan 20 nafar kişi hanuzgaça bedarak yöqolganlar sifatida qayd etilgan.

Çorşanba, 19 noyabrga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Ternopilga raketalar va dronlardan foydalangan holda kuçli qöşma zarba berdi. Natijada töqqiz qavatli turar joy uyining bir qismi quladi. Ukraina Qurolli Kuçlari Havo kuçlari vakili Yuriy Ignatning aytişiça, dastlabki ma’lumotlarga köra, uyga X-101 rusumli raketa kelib urilgan. Yana bir töqqiz qavatli uy ham zararlangan.

Rossiya harbiylari Ternopilda tinç aholining halok bölişi haqida izoh bermagan. Şu bilan birga, Rossiya Mudofaa vazirligi zarba harbiy-sanoat kompleksi va energetika obektlariga berilganini iddao qilmoqda.