Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zaporijjyada Rossiya zarbasidan keyin kamida besh kishi halok bo‘ldi
Rossiya 20 noyabr kuni kechqurun Zaporijjyani o‘qqa tutdi, halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor. Uylar, do‘kon va bozorga zarar yetdi.
Rossiya qo‘shinlari payshanba, 20 noyabr kuni kechqurun Ukrainaning Zaporijjya shahriga hujum qildi. Ukraina Favqulodda holatlar xizmati xabariga ko‘ra, so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda zarba natijasida kamida besh kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi tan jarohati olgan.
Hujum natijasida uylar, do‘kon va bozor zararlangan. Jabr ko‘rganlar soni aniqlashtirilayotganini Zaporijjya viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorov ta’kidladi. Hodisa joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda.
Bundan avval Fedorov Zaporijjya viloyati bo‘yicha boshqariladigan aviabombalar bilan zarba berish xavfi borligi haqida xabar qilgan edi.
Bir kun oldin Rossiya havodan Xarkiv, Lviv, Ternopil va yana bir qator Ukraina shaharlariga kuchli zarbalar bergandi. Mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bo‘ylab 470 dan ortiq hujumkor dron va 48 ta raketa uchirilgan. Ternopilda 26 kishi, shu jumladan uch nafar bola halok bo‘lgan. 93 kishi, jumladan 18 nafar bola jarohatlangani haqida Ukraina Milliy politsiyasi xabar bergan.
Mavzuga oid
17:50
Ukraina hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmasligi lozim – Aliyev
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
21:57 / 13.07.2026