Farmonga köra, agrar sohani moliyaviy qöllab-quvvatlaş tizimini raqamlaştiriş orqali mehnat va vaqt resurslari sarfi 2 baravarga qisqartirilişi közda tutilgan. Şuningdek, oziq-ovqat va qişloq xöjaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga davlat tomonidan körsatiladigan qöllab-quvvatlaş çoralari unifikatsiya qilinadi va ularning soni 2028 yil yakuniga qadar 50 foizgaça qisqartiriladi.

Farmon bilan Qişloq xöjaligi vazirligi huzurida Agrar sohada tölovlar agentligi taşkil etiladi.

Yangi Agentlik zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilmoqda:

— agrar sohada qöllab-quvvatlaş çoralarining yangi turlarini joriy etiş böyiça takliflar işlab çiqiş;
— qöllab-quvvatlaş çoralarini körsatiş uçun arizalarni qabul qilişdan boşlab, ularni körib çiqiş, ma’qullaş va tölovlarni amalga oşirişgaça bölgan barça bosqiçlarni töliq raqamlaştiriş.

Farmonga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan:

— mazkur hujjatda belgilangan qöllab-quvvatlaş çoralari Agrar sohada tölovlar agentligi tomonidan amalga oşiriladi;
— qöllab-quvvatlaş çoralari tadbirkorlarga alohida maxsus hisob raqamlar (23210) oçiş orqali moliyalaştiriladi.

Mazkur islohotlar agrar sohada davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini soddalaştiriş, oşkoralikni ta’minlaş va resurslardan samarali foydalanişga xizmat qilişi kutilmoqda.