Ukraina böyiça yangi tinçlik rejasi paydo bölişi bilan Volodimir Zelenskiy prezidentlik davridagi «eng oğriqli tanlov»ga duç keldi, deb yozadi The Washington Post kolumnisti Devid Ignatius. Jurnalist Oq uyning tinçlik rejasidagi ayrim bandlar böyiça pozitsiyasini izohlagan amerikalik rasmiylar bilan suhbatda bölgan. Ignatius bu bandlar qanday yuzaga kelgani va uşbu hujjatni işlab çiqiş qaçon boşlanganini hikoya qilgan.

Ignatiusning yozişiça, yangi tinçlik taklifi böyiça muzokaralar jarayoni deyarli bir oy oldin boşlangan va oldingi hafta oxirida Ukraina Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Rustem Umerov Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan Floridada uçraşişga tayyorligini bildirganida jarayon tezlaşib ketgan. Ignatiusning manbalariga köra, Tramp ma’muriyati Kiyevdagi korrupsiya mojarosi hamda Ukraina qurolli kuçlarining Donetsk oblastidagi muvaffaqiyatsizliklari Ukrainani buriliş nuqtasiga olib keldi, Rossiya esa ösib borayotgan iqtisodiy bosimni his qilib, bu uruşni tugatişni afzal körişi mumkin deb hisoblaşi – muhokamalarni boşlaşga sabab bölgan.

Amerikalik rasmiylarga köra, Floridadagi uçraşuvda Umerov Zelenskiy Donbass böyiça murosa qilişi, şuningdek, Ukraina öz armiyasi sonini 600 ming kişigaça çeklaşga rozi bölişi mumkinligini bildirgan (Umerovning özi esa Floridadagi vazifasi faqat texnik bölgani, u uçraşuvlarni taşkil etiş va muloqotni tayyorlaş bilan şuğullanganini aytdi).

Natijada, rejadagi bandlardan biriga çindan ham Ukraina qurolli kuçlaridagi harbiylar soni böyiça çeklov kiritilgan. Yevropa davlatlari rahbarlari bunga qöşilmagan. Ignatiusning manbalari tinçlik rejasi böyiça muzokaralar «Kiyev uçun direktiva emasligi», u moslaşuvçan bölişini ta’kidlamoqda.

«Ukraina suvereniteti heç qaçon xavf ostida qolmasligi kerak. Bu butun Yevropa böylab muammolar uçun şlyuzlarni oçadi. Biz Ukrainaning halokatini körişni istamaymiz», – deydi amerikalik yuqori martabali mulozimlardan biri The Washington Post kolumnisti bilan suhbatda.

Ignatiusning suhbatdoşlariga köra, Tramp ma’muriyati Ukraina uçun «xavfsizlik kafolatlari» hali «yetarliça kuçli emasligi»ni tan oladi va AQŞ prezidenti Ukraina qurolli kuçlari tarkibi miqdori böyiça yuqori çegarani oşirişi yoki çeklov talabini umuman olib taşlaşi mumkin. Bundan taşqari, uruşdan keyin Ukrainaga uzoq masofali «Tomahavk» raketalarini yetkazib beriş tiyib turuvçi omil bölişi varianti körib çiqilmoqda (buning muqobili hisoblangan Yevropa kontingentiga Rossiya qat’iyan qarşi). Ignatiusning manbalari Ukraina «Tomahavk»ni Rossiyaga qarşi qöllamasligiga işonçi komil, çunki bunday harakat Kiyevuni AQŞ va Yevropaning qöllovidan mahrum qiladi.