Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina harbiylariga Rossiya böylab kuniga mingta dron uçiriş vazifasini qöyganini aytdi.
«Bugun Stavka yiğilişini ötkazdim. Asosiy maqsad – Rossiyaning Ukrainaga berayotgan zarbalaridan himoyalaniş uçun öz qurol-yaroğlarimiz işlab çiqarişni maksimal darajada oşirişdir. Eng muhimi – reaktiv «Şohid»lardan himoyamizni taʼminlaş va Rossiyaga uzoq masofali zarbalarimizni yanada kuçaytiriş. Vazifa – Rossiyaga qarşi uzoq masofali sanksiyalar uçun kuniga mingta dron. Hozir uzoq masofali sanksiyalarimiz örtaça 300 tani taşkil etmoqda, bu körsatkiç yanada köproq bölişi kerak», dedi u.
Zelenskiy «maqsad mutlaqo aniq» ekanini va Ukraina «bu vazifani albatta bajarişini» qöşimça qildi.
Iyul oyi boşida Zelenskiy Financial Times naşriga bergan intervyusida uruşning asosiy bosqiçi quruqlik va dengizdan havoga köçganini taʼkidlab, aynan «osmondagi jang» mojaro taqdirini hal qilişi haqidagi fikrni bildirgan edi.
«Moskva tomon yuzta emas, mingta dron uçsa, u [Vladimir Putin] şunda tuşunadi. U buni şaxsan his qila boşlaganida, öz közlari bilan köra boşlaganida... maslahatçilari uni Ural ortiga köçib ötişga köndiradi. Putin Moskvadan qançalik uzoqlaşsa, uruşning yakuni ham şunçalik yaqinlaşadi», – degan edi Zelenskiy.








