19 noyabr kuni Ternopilga amalga oşirilgan Rossiya raketa zarbasi oqibatida halok bölganlar soni 34 kişiga yetdi. Bu haqda viloyat harbiy ma’muriyati rahbarining örinbosari Taras Pastux yakşanba, 23 noyabr kuni ma’lum qildi. «Biz şuni qayd etişimiz mumkinki, 34 kişi halok bölgan, ulardan 33 nafarining şaxsi aniqlandi», — dedi u Telegram’dagi videomurojaatida.

Pastuxning sözlariga köra, yana bir jasad erkakka tegişli, uning şaxsini mutaxassislar aniqlamoqda. Bedarak yöqolganlar sifatida olti kişi — ikki erkak, uç ayol va bir bola röyxatga olingan.

Keça keçqurun — hujumdan söng törtinçi kuni — Ternopilda qidiruv-qutqaruv işlari töxtatildi. Pastuxning aytişiça, hozir politsiya xodimlari uy qaysi turdagi qurol bilan yöq qilinganini aniqlaş uçun dalillar izlayapti.

«Bu Rossiyaning X-101 turidagi raketa zarbasi bölgan, degan taxmin bor, ammo tergov uçun dalillar yiğib olinişi lozim», — dedi u. Pastux qöşimça qilişiça, uşbu uyni közdan keçiriş jarayonida hozirça bedarak yöqolganlar deb hisoblanayotgan boşqa insonlarning jasadi ham topilişi mumkin.

Çorşanbaga ötar keçasi, 19 noyabrda, Rossiya qöşinlari raketalar va dronlardan foydalanib Ternopilga qöşma zarba berdi. Natijada töqqiz qavatli turar joy uyi qisman quladi, yana bir töqqiz qavatli uyga jiddiy zarar yetdi.

Rossiya harbiylari Ternopilda tinç aholi halok bölgani haqida heç qanday izoh bermagan. Şu bilan birga, RF Mudofaa vazirligi zarba harbiy-sanoat majmuasi va energetika obektlariga berilganini iddao qilmoqda.