Trampning jamoasi ilgari surgan, keyinçalik Yevropaning aralaşuvi bilan özgargan takliflarning birlamçi şakli “tinçlik rejasi” deb atalgan bölsa-da, amalda Ukrainani harbiy va siyosiy zaiflaştirişga qaratilgan edi. Rejada xalqaro huquq butunlay çetga surib qöyilgan.
Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar Tramp jamoasi ilgari surgan reja haqida söz yuritdi.
— Uruş yakuni böyiça Moskva qanday minimal natija xohlaydi? Ukraina-çi?
Kamoliddin Rabbimov: Moskvaning asosiy talablari – Ukrainaning harbiy salohiyatini keskin qisqartiriş. Rejada Ukraina armiyasi maksimal 600 ming askardan oşmasligi kerakligi haqida band mavjud. Ukraina tinçlik davrida 200–400 minglik armiyaga ega bölganini hisobga olsak, bu raqam paradoksal körinadi. Şu bilan birga, hujjatda Ukraina NATOga qöşilmasligi qat’iy belgilangan. Bu faqat Kiyev qonunçiligida emas, balki NATO içki deklaratsiyalarida ham mustahkamlanişi taklif qilinmoqda. Bu band – Ukrainada eng oğriqli qabul qilinayotgan masalalardan biri.
Moskvaning yana bir strategik maqsadi – Ukraina ustidan nazoratni tiklaş va uni tölaqonli mustaqil davlat sifatida zaiflaştiriş. Kiyevning Yevropa Ittifoqiga qöşilişiga Rossiya keskin qarşi emas: unga köra, bu iqtisodiy jarayon, xavfsizlik bilan boğliq emas. Ammo NATO masalasiga kelsak, u yerda tösqinlik aniq körsatilgan.
Rejada rus tili va “rus dunyosi”ga oid band ham mavjud. U rasmiy davlat tili sifatida rus tilini kiritişni talab qilmaydi, lekin rusça sözlovçi guruhlarning huquqlari ta’minlanişini Yevropa Ittifoqida qabul qilingan “etnik ozçiliklar himoyasi” modeli bilan tenglaştiriş taklif qilinmoqda. Bu esa amalda Rossiya manfaatlariga xizmat qiluvçi yana bir mexanizm bölişi mumkin.
Ekspertlar ta’kidlaşiça, bandlarning köpçiligi talqin qilişga oçiq, ya’ni ularni keyinçalik siyosiy bosim vositasi sifatida turliça talqin qiliş mumkin.
Yevropa Ittifoqiga köra, bu reja faqat Ukraina uçun emas, Yevropa uçun ham xavotirli. Köplab yevropalik siyosatçilar, jumladan Germaniya ham keskin munosabat bildirib, ayrimlar “Uitkoff psixiatrga murojaat qilişi kerak”, deya oçiq tanqid qilişdi. Bu qadar keskin fikr ortida bir xavotir bor:











