Toşkentda ilk bor ötkazilgan SheScience 2025 Markaziy Osiyo olimalari forumi mintaqadagi ilmiy hamkorlikni yangi bosqiçga kötariş, ilm-fanda ayollarning rolini kuçaytiriş va innovatsion ekotizimlarni rivojlantirişga qaratildi.
Forumning asosiy natijasi sifatida qöşma bayonot qabul qilindi. Unda:
Markaziy Osiyo mamlakatlarining ilmiy va innovatsion ekotizimlarini integratsiyalaş;
ilm-fan sohasida olima ayollar iştirokini kengaytiriş;
turli yönalişlarda qöşma tadqiqotlarni rivojlantiriş kabi yönalişlar belgilab berildi.
Qöşma bayonotda kelajakdagi hamkorlikning beşta asosiy yönalişi nazarda tutilgan bölib, ular mintaqaning umumiy muammolarini samarali hal qilişga qaratilgan barqaror ilmiy ekotizimlarni şakllantirişga xizmat qiladi. Hujjat, şuningdek, forumni har yili Markaziy Osiyo mamlakatlarida navbatma-navbat ötkaziş uçun asos yaratadi.
Forum iştirokçilari ekologik xavflar, raqamli transformatsiya va sun’iy intellektni joriy etiş bilan boğliq global muammolar şaroitida davlatlar örtasida tizimli hamkorlik va ilmiy muloqotni kuçaytiriş zarurligini qayd etdilar.
“SheScience 2025: mintaqaviy taraqqiyotni ilmiy va innovatsion ekotizimlar orqali qöllab-quvvatlaş” forumida Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston hamda Ozarboyjondan 60 dan ortiq olima va tadqiqotçi ayollar iştirok etdi.
Tadbir doirasida yoş olimalarni qöllab-quvvatlaş, ayollarni innovatsiyalar, texnologiyalar va ilm-fan sohasidagi yetakçi rolini oşiriş, şuningdek, qöşma loyihalar va grant dasturlarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.













