“Soliqlarning yiğiluvçanlik darajasini oşiriş va faol soliq tölovçilarni rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorning 8-bandida yozilişiça, Soliq qömitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining taklifi asosida, 2026 yil 1 yanvardan boşlab Namangan viloyatida yangi soliq boşqaruvi modeli sinovdan ötkaziladi.

Eksperiment doirasida jismoniy şaxslardan olinadigan mol-mulk va (yoki) yer soliği böyiça umumiy summasi 1 mln sömdan oşgan soliq qarzdorligini undirişda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalaniş joriy etiladi. Mexanizmning töliq tafsilotlari hozirça ma’lum emas.

Soliq qömitasi eksperiment natijalari asosida uni boşqa hududlarda joriy etiş böyiça takliflarni 2026 yil 1 oktyabrgaça Vazirlar Mahkamasiga kiritişi belgilandi.

Qarorga asosan, jismoniy şaxslarning soliq qarzi töğrisidagi ma’lumotlar tijorat banklari va tölov taşkilotlarining mobil ilovalari foydalanuvçilariga ilovaning asosiy sahifasida aks ettirib boriladi. Markaziy bankka bu masalada Soliq qömitasiga amaliy yordam körsatiş topşiriği berildi.

Eslatib ötamiz, 2025 yil noyabr oyidan e’tiboran Toşkent şahrida çiqindi tölovidan qarzdor abonentlarga elektr energiyasi uçun tölov qiliş imkoniyati çeklab qöyila boşlandi. Bunday tartib dekabr oyidan boşqa hududlarda ham yölga qöyiladi.